Bola huquqi – jamiyat e’tibor beradigan eng asosiy masalalardan biri. Har bir farzand ota-ona mehri, moddiy va ma’naviy ko‘magiga muhtoj. Afsuski, hayotda o‘z farzandi taqdiriga bepisand qarab, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlaydigan otalar ham uchrab turadi.

Majburiy ijro byurosining Oqoltin tuman bo‘limi tomonidan ana shunday holatlarga chek qo‘yish, voyaga yetmaganlarning huquqini ta’minlash maqsadida qat’iy choralar ko‘rilmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida 2 milliard 156 million so‘m aliment puli undirilib, ko‘plab bolalarning kundalik ehtiyojlari qondirildi, ularning hayoti o‘z iziga tushdi.

Biroq qonun oldida burchini bajarishdan qochgan qarzdor otalar ham yo‘q emas. Masalan,  Z.Xadjabekov 29,1 million so‘m, U. Imanov 16,4 million so‘m aliment to‘lamay yurgani uchun sud qaroriga ko‘ra, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga tortildi. Umuman olganda, alimentdan bo‘yin tovlagan 18 nafar qarzdor otaga nisbatan javobgarlik choralari qo‘llanildi.

Mutaxassislar ta’kidlaganidek, aliment to‘lashdan qochish – faqat bir oilaning muammosi emas, balki butun jamiyatning ma’naviy muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki farzand o‘z haq-huquqi ta’minlanmagan holda o‘ssa, uning kelajakka ishonchi ham so‘nib boradi.

Asosiysi, qonun barchadan birdek talab qiladi: alimentdan qochish mumkin, lekin jazodan qochib bo‘lmaydi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarzdor otalarga nisbatan choralar ko‘rildi