Qarzdor otadan aliment pullari undirildi
Fuqarolik işlari böyiça Karmana tumanlararo sudining qaroriga asosan, qarzdor S.H.dan undiruvçi D.U. foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzand taʼminoti uçun har oyda qarzdor daromadining törtdan bir qismi miqdorida aliment undiriş belgilangan edi.
Majburiy ijro byurosi Navoiy şahar bölimi davlat ijroçilari tomonidan olib borilgan tuşuntiriş işlari va amalga oşirilgan ijro harakatlari natijasida töplanib qolgan jami 100,2 million söm miqdoridagi aliment pullari undirilib, undiruvçiga topşirilişi taʼminlandi.
Farzandlar manfaatlarini himoya qiliş, ularning munosib hayot keçirişi uçun zarur moddiy taʼminotini taʼminlaşga qaratilgan ijro harakatlari izçil davom etmoqda.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri