Qarz, maxfiy agentlar va neft inqirozi - Xorij xabarlari(+video)
Bugungi “Xorij xabarlari” dasturida Qirg‘izistonning Xitoy oldidagi qarzi 1,4 milliard dollarga yetgani, Germaniyalik jurnalist Rossiya agentlari tarmog‘iga yashirincha kirib, turli topshiriqlar olgani hamda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘zining sobiq matbuot kotibiga sanksiyalar joriy etgani haqida so‘z boradi.
Shuningdek, AQSH prezidenti Donald Tramp Eron neftini nazoratga olish ehtimolini bildirgani, Saudiya Arabistonidagi neft quvuri ishdan chiqishi ortidan jahon neft ta’minotining 4 foizigacha qismi xavf ostida qolgani hamda Rossiya zarbasi oqibatida Ukrainada Polsha tomon yo‘l olgan yo‘lovchi poyezdi zarar ko‘rgani haqidagi xabarlar ham dasturimizdan o‘rin olgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/6OxL8SgJuuI" title="Qarz, maxfiy agentlar va neft inqirozi: dunyoda nima bo`lmoqda?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Dunyoda ro‘y berayotgan eng muhim voqealarni biz bilan kuzatib boring.
Nozimbek Mardonov, Yoqub Meliboyev, Salimjon Obidjonov, O‘zA