Bugun Qarshi shahridagi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Prezident maktablari uchun 2-bosqich imtihoni bo‘lib o‘tdi.
Unda dastlabki saralash bosqichida sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan 480 nafar o‘quvchilar ishtirok etdi. Test jarayonlarida o‘quvchilarning emin-erkin test savollarini yechishi uchun barcha qulayliklar yaratildi. Shaffoflikni ta’minlash maqsadida test jarayoni onlayn yoritildi.
O‘quvchilarning ota-onalari uchun yetarlicha qulayliklar muhayyo qilindi.
– Bugun qizimni test sinovlariga qatnashtirish uchun Kitob tumanidan keldim, – deydi Matluba Eshnazarova. – Birinchi bosqichidan yuqori ball bilan muvaffaqiyatli o‘tgandi. Bu bosqichda ham omad tilayman unga. Yaratilgan sharoitlar, kelajak avlodga qaratilgan e’tibordan mamnunman.
[gallery-18466]
Ma’lumot o‘rnida Prezident maktablari uchun birinchi bosqich imtihonlarida birgina Qashqadaryo viloyatining o‘zidan 4 ming 317 nafar o‘quvchi test jarayonida ishtirok etgan.
O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari