O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Qarshi shahrining bosh rejasini tasdiqlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Bosh loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishilgan Qarshi shahrining bosh rejasi asosiy yechimlari va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan birgalikda tasdiqlandi. 

Qarorga ko‘ra, uch oy muddatda qisqa, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan qurilish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rejalashtirishni hisobga olgan holda, Qarshi shahrining bosh reja loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. 

Qarshi shahrining bosh rejasi loyihasiga muvofiq Qarshi shahri chegarasini o‘zgartirish yuzasidan iltimosnoma belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi. 

Bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalarida belgilangan ko‘chalarning qizil chiziqlari doirasidagi maydonlarda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yer uchastkalarining bosh rejaga zid ravishda egallab olinishi cheklanadi.

Yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, sanoat zonasi, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish, ko‘kalamzorlashtirish va daraxt ekish uchun mo‘ljallagan rekreatsiya zonalarida boshqa maqsadlar uchun bosh rejaga zid ravishda ob’ektlarni joylashtirish hamda qurilish ishlarini amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida doimiy nazorat o‘rnatiladi. 

Bino va inshootlarni joylashtirishda tarixiy zona va shaharning boshqa hududlarida joylashgan madaniy yodgorliklarning muhofaza zonalari talablariga qat’iy rioya etilishi ta’minlanadi.

Energiya tejamkor zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali suv ta’minoti, oqova suv, irrigatsiya, elektr energiyasi, gaz, issiqlik va telekommunikatsiyalar ta’minoti ob’ektlari modernizatsiya qilinadi, hududning shaharsozlik qiyofasini shakllantiruvchi mavjud maydonlar, obodonlashtirilgan xiyobonlar va bog‘larni rekonstruksiya qilish va yangilarini qurish orqali shaharning me’moriy qiyofasi yaxshilanadi.

Uy-joy, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat, san’at va dam olish ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash hisobidan ijtimoiy va turizm infratuzilmasi rivojlantiriladi. 

Ilmiy gidrogeologik tadqiqotlar asosida sizot suvlar sathini pasaytirish bo‘yicha shahar hududini muhandislik jihatidan tayyorlash tadbirlari ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. 

Qarorga muvofiq, birinchi navbatda qurilish ishlari olib boriladigan hududlarning batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqiladi hamda ularni bosqichma-bosqich amalga oshirilishi tashkil etiladi. 

Xorijiy investorlar, ijtimoiy soha muassasalari va mahalliy investorlar tomonidan kiritilgan takliflar (loyihalar) Qarshi shahrining bosh rejasiga ushbu ob’ektlarni kiritish maqsadida Qashqadaryo viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi huzuridagi arxitektura-shaharsozlik kengashida ko‘rib chiqiladi va kelishiladi. 

Ma’lumot uchun: 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 - 2022 yillarda aholi punktlarini bosh rejalar bilan ta’minlash, loyiha tashkilotlari faoliyatini yaxshilash, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 2 fevraldagi PQ-3502-son qaroriga muvofiq shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari loyihalarini ishlab chiquvchi etib belgilangan “O‘zshaharsozlikLITI” bosh loyiha instituti davlat muassasasi tomonidan Qarshi shahri bosh rejasining loyihasi ishlab chiqilgan; 

Qarshi shahri bosh rejasining loyihasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishilgan; 

ishlab chiqilgan Qarshi shahri bosh rejasining loyihasida 2042 yilgacha bo‘lgan davrda Qarshi shahrining Koson, Qarshi va Ko‘kdala tumanlari hududiga (7 767 gektar) kengayishi  ko‘zda tutilgan edi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarshi shahrining bosh rejasi tasdiqlandi