Qaror ijrosiga bag‘ishlandi
Mamlakatimizda meva-sabzavotchilik, bog‘dorchilik va uzumchilik izchil rivojlanmoqda. O‘tgan yili 12 million 592 ming tonna sabzavot va kartoshka, 1 million 850 ming tonna poliz mahsulotlari, 1 million 556 ming tonna uzum, 2 million 731 ming tonna meva yetishtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi va partiyaning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tomonidan Prezidentimiz Islom Karimovning “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati, unda belgilangan vazifalarga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari S.Turdiyev, parlament quyi palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi T.Eshnazarov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar iqtisodiyotimiz barqarorligi, xalqimiz farovonligini ta’minlashga xizmat qilayotganini ta’kidladi.
Mamlakatimizda meva-sabzavotchilik, bog‘dorchilik va uzumchilik izchil rivojlanmoqda. O‘tgan yili 12 million 592 ming tonna sabzavot va kartoshka, 1 million 850 ming tonna poliz mahsulotlari, 1 million 556 ming tonna uzum, 2 million 731 ming tonna meva yetishtirildi.
Davlatimiz rahbarining qarori ichki bozorni sabzavotlar, kartoshka, meva va poliz mahsulotlari bilan barqaror to‘ldirish, qayta ishlash korxonalarini xomashyo bilan muntazam ta’minlash, tashqi bozorlarga xaridorgir va raqobatbardosh mahsulotlar eksporti hajmini ko‘paytirishga asos bo‘lishi ta’kidlandi.
Meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish bo‘yicha davlat buyurtmasi joriy etilishi, ularni sotib olish uchun shartnoma qiymatining 40 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda bo‘nak berilishi, bozor narxlarida xarid qilinishi fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun katta imkoniyatlar yaratishi qayd etildi.
Ushbu qaror mazmun-mohiyatini dehqon va fermerlar, tadbirkorlarga yetkazish, meva-sabzavotlarni yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish borasidagi intilishlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.