Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1980, 1983 va 1989 yillarda tug‘ilgan 3 nafar fuqaro o‘zaro til biriktirib, qalbaki 998 mln 740 ming so‘m pulni Jizzax viloyatida 27200 AQSH dollariga sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida mazkur shaxslardan olingan 200, 100 va 20 ming so‘mlik kupyuralar ko‘rinishidagi qalbaki banknotlar purkagichli printer yordamida chop etilganligi ma’lum bo‘ldi.

Ta’kidlash lozimki, qonunbuzarlarning 2 nafari muqaddam sudlangan shaxslar hisoblanadi.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.  

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qariyb 1 mlrd so‘mlik qalbaki pullarning muomalaga kiritilishining oldi olindi