Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi “Geolog” stadionida “Viloyat kubogi – 2024” musobaqasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda Qarshi davlat universitetining “Lochin” futbol klubi Qarshi tumanining Beshkent jamoasi bilan kuch sinashdi.

Shiddatli va keskin kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvda universitetning Lochin jamoasi 4-2 hisobida raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, “Viloyat kubogi – 2024” musobaqasi g‘olibiga aylandi.

– Lochin jamoasi tashkil etilganiga ko‘p vaqt bo‘lmadi, ammo qo‘lga kiritayotgan yutuqlari ko‘pchilikning havasini keltirishi aniq, – deydi universitet rektori, professor Dilmurod Nabiyev. – Ushbu muvaffaqiyat bizni yanada olg‘a intilishga undaydi. Jamoamizning kelajagiga ishonamiz va qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz.


Ma’lumot o‘rnida, “Lochin” futbol jamoasi 2022-2023 yillarda ham viloyat kubogini qo‘lga kiritgan.
O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri