Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash va qo‘llab-quvvatlashning bir necha tuzilmalari yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, bugungi kunda Bolalar va Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari, maxsus maktab-internatlarda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan o‘g‘il-qizlar tarbiyalanmoqda.

Prezidentimiz rahbarligida joriy yil 28 iyul kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan nogironligi bo‘lgan, ota-ona qaramog‘idan mahrum va yetim bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish hamda ijtimoiy nafaqalarni takomillashtirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar bu boradagi ishlarni yanada jonlantirdi.

Mazkur yig‘ilish bayoni bilan respublikadagi oliy ta’lim muassasalariga Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalari biriktirilib, qator vazifalar belgilandi. Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilari ham ayni topshiriqlar ijrosi doirasida oliy ta’lim muassasasiga biriktirilgan viloyatning Qamashi tumanidagi 4-sonli Mehribonlik uyida bo‘lib, u yerdagi tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

O‘zaro suhbat jarayonida yig‘ilganlarga professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan “Ikki avlod” uchrashuvlarini o‘tkazish, “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari uchun universitetda va universitet qoshidagi akademik litseyda “Ochiq eshiklar kuni”ni tashkil etish, shuningdek, turli to‘garaklar, ko‘rik-tanlovlar, sport musobaqalari, universitet talabalaridan tashkil topgan “Ziyo” talabalar teatr-studiyasi ishtirokida bayram tadbirlari tashkil etilishi haqida ma’lumotlar berildi.

Tashrif davomida tarbiyalanuvchilarni sportga va kitobxonlikka  jalb qilish, ma’naviy va jismoniy rivojlanishi uchun Mehribonlik uyi jamoasiga turli nomdagi kitoblar, sport jihozlari taqdim etildi.

O‘lmas Barotov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
QarDU professor o‘qituvchilari mehribonlik uyida