Avvalo, sayyor soliq tekshiruvi deganda soliq to‘lovchilarning soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash sohasidagi ayrim majburiyatlarini, shuningdek, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlari bajarilishini tekshirish tushuniladi.

Bunda hisobga olish hujjatlarining, tovar moddiy boyliklar, pul mablag‘lari harakatining shuningdek, soliq to‘lovchining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa axborotning tahlili o‘tkaziladi.

Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: qanday holatlarda sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkaziladi?

Eng avvalo, “Tahlika-tahlil” dasturiy mahsuloti natijasiga ko‘ra aniqlangan, yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub bo‘lmagan soliq to‘lovchilar faoliyatidagi soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lganda hamda kameral soliq tekshiruvi jarayonida aniqlangan tafovut va xatolarni soliq organlari joylashgan joydan tashqarida o‘rganish zarurati yuzaga kelganda sayyor soliq tekshiruvi tayinlanadi.

Jismoniy va yuridik shaxslardan, shuningdek, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlardan soliq to‘lovchilar faoliyatida soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlari to‘g‘risida murojaatlar kelib tushganda ham tekshiruv o‘tkaziladi. Biroq anonim murojaatlar bundan mustasno.

Shuningdek, ommaviy axborot vositalarida soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinganda ham sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilishi belgilangan.

Soliq tekshiruvlaridan avval, “Soliq xizmati – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida biznes vakillari o‘rtasida qonuniy maslahatlar asosida targ‘ibotlar o‘tkaziladi. Afsuski, to‘g‘ri yo‘l bo‘la turib, soliqlardan qochishning ming bir usullarini o‘ylaydigan “uddaburon”larga sayyor soliq tekshiruvi tayinlanadi, albatta. Bunda noqonuniy ish tutgan tadbirkor nafaqat qonunni buzadi, balki iste’molchilarning huquqlarini ham qasddan poy-mol qiladi.

bugungi kunga qadar, Navoiy viloyatida ham onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish qoidalariga rioya etmagan hamda to‘lov treminallaridan foydalanmagan 32 nafar tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan sayyor soliq tekshiruvlari tayinlanib, ularga nisbatan, qonunchilikda belgilangan zarur choralar ko‘rildi.

Darhaqiqat, bugungi kunda viloyatda 2 ming 835 nafar tadbirkorlik sub’ekti onlayn-nazorat kassa mashinalaridan foydalanish tizimiga ulangan.

Biroq olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlariga qaramasdan, ayrim tadbirkorlar tomonidan onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish qoidalariga rioya etmaslik yoxud ushbu moslamadan umuman foydalanmaslik holatlari uchramoqda.

Masalan, o‘tgan hafta yakuniga ko‘ra viloyatda 135 holatda onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalnmaslik, xaridorlarga kassa cheki taqdim etmaslik holatlari kuzatilgan edi. Ushbu holatlarni bartaraf etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarga qaramay afsuski, hanuzgacha 147 nafar tadbirkorlik sub’ekti yaratilgan imtiyozlarni suiiste’mol qilib kelmoqda.

Navoiy viloyati Davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qanday holatlarda sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkaziladi?