Ta’kidlash kerakki, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda sud-huquq sohasini, shu jumladan, jazoni ijro etuvchi organlar faoliyatini demokratlashtirish borasida bir qator tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, keyingi 4 yil davomida sud-huquq sohasini isloh etish borasida 40 dan ortiq qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi.  

Ma’lumki, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi tasdiqlandi. Ushbu hujjatda inson huquqlari va uni himoya qilish borasidagi mavjud muammolar ko‘rsatilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.

Xususan, jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish, davlat va jamiyat o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha institutsional mexanizmlarni takomillashtirish, ozodlikdan mahrum qilish joylarida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslar huquqlarini himoya qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, Jinoyat-ijroiya kodeksini yangi tahrirda ishlab chiqish, unda inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarga mos tarzda mahkumlar huquqlari doirasini yanada kengaytirish kabi muhim vazifalar nazarda tutilgan.  

Shubhasiz, ushbu vazifalarning amalga oshirilishi inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish va bu borada samarali jamoatchilik nazorati o‘rnatilishini ta’minlaydi.

Shuningdek, amalda milliy preventiv mexanizmni xalqaro standartlar asosida izchil rivojlantirish jazo o‘tayotgan shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilishning eng muhim vositalaridan biri hisoblanadi.

Qolaversa, bu mexanizmni takomillashtirish nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa  institutlari rolini ham oshirib borishni taqozo etadi.  

Shunga ko‘ra, bu sohadagi qonun hujjatlarini o‘rganish natijasida aniqlangan muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan quyidagi takliflarni ilgari surishni lozim deb hisoblaymiz.

Birinchidan, amaldagi Jinoyat-ijroiya kodeksida jinoiy jazolarni va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro etuvchi muassasalar va organlar faoliyati ustidan faqatgina prokuror nazorati xususida so‘z yuritilgan bo‘lib, unda «jamoatchilik nazorati» tushunchasi va bunday nazoratni amalga oshirishning huquqiy mexanizmlari ko‘rsatilmagan.  

Qonunchiligimizdagi bunday huquqiy bo‘shliq jazoni ijro etuvchi muassasalar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini samarali tashkil etish imkonini bermaydi.  

Shu sababli, jazo o‘tayotgan shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda fuqarolik jamiyati institutlari rolini oshirish, buning uchun ular tomonidan jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan huquqiy asoslarni takomillashtirish maqsadida, amaldagi Jinoyat-ijroiya kodeksiga «jamoatchilik nazorati» tushunchasi va bunday nazoratni olib borishning huquqiy asoslarini nazarda tutuvchi normalar kiritilishi taklif etiladi.  

Ikkinchidan, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 fevraldagi 85-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillarining jazoni ijro etish muassasalariga tashrifi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining ruxsati bilan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.  

Bunday ruxsatnomani olish to‘g‘risidagi murojaat u tushgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida ko‘rib chiqiladi va ushbu Nizomda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, ruxsatnomani berish rad etilishi ham mumkin.  

Shuningdek, ushbu uchrashuv (tashrif)lar jazoni ijro etish muassasasining mas’ul xodimlari nazorati ostida o‘tkaziladi.

Ushbu tartib jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotgan mahkum bilan nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining uchrashuvini tezkorlikda va xolisona o‘tkazish imkonini bir muncha cheklaydi.

Bundan tashqari, amaldagi qonunchilikda nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining jazoni ijro etish muassasalaridan tashqari, shaxs majburiy tartibda ushlab turiladigan boshqa muassasalar (vaqtincha saqlab turish va tergov hibsxonalari, maxsus qabulxonalar, ma’muriy qamoqni o‘tash joylari)ga kirish tartibi nazarda tutilmagan.

Shu sababli, ishlab chiqilishi rejalashtirilgan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi to‘g‘risida»gi qonun loyihasida jamoatchilik palatasi a’zolari nafaqat jazoni ijro etish muassasalari, balki shaxs majburiy tartibda ushlab turiladigan barcha muassasalar (vaqtincha saqlab turish va tergov hibsxonalari, maxsus qabulxonalar, ma’muriy qamoqni o‘tash joylari)ga hech qanday moneliksiz kirishi, bunday joylarda saqlab turilgan shaxslar bilan xoli uchrashish huquqiga ega ekanligini nazarda tutuvchi normalar kiritilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

O‘z  navbatida, kelgusida bunday vakolatning davlat organlari bilan bir qatorda jamoatchilik palatasi vakillariga ham berilishi, ushlab turilgan yoki qamoqda saqlash joylarida bo‘lgan shaxslarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Uchinchidan, sud-huquq masalalariga oid ko‘rib chiqilayotgan murojaatlarning aksariyat qismini shaxsning sudlanganlik holati bilan bog‘liq savollar tashkil etmoqda.  

Ma’lumki, sudlanganlik haqida ma’lumotnoma berish xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Ichki ishlar vazirliginingTezkor-ma’lumotlar boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Tahlillarga e’tibor qiladigan bo‘lsak, sudlanganlik holati bo‘yicha ko‘plab fuqarolarni qiynab kelayotgan muammo shundan iboratki, masalan,bundan 5-10 yil ilgari sudlangan shaxs uning sudlanganlik holati tugallangan yoki belgilangan tartibda olib tashlangan bo‘lsada, ichki ishlar vazirligi tegishli bo‘linmalaridan berilayotgan ma’lumotlarda, ularning hanuzgacha muqaddam sudlanganligi to‘g‘risidagi yozuvlar qayd etib kelinmoqda.  

Bundan tashqari, shaxsning sudlanganlik holatini muddatidan ilgari olib tashlash to‘g‘risidagi sud ajrimlari belgilangan tartibda ichki ishlar organlariga yuborilishi lozim bo‘lsada, bunday ajrimlar hamma vaqt ham ushbu organlarga kelib tushmasligi kabi holatlar uchrab turadi.

Albatta, fuqarolarning bunday murojaatlari yuzasidan ularga Jinoyat kodeksining 77-79-moddalariga muvofiq huquqiy tushuntirishlar berib kelinmoqda.

Ammo, shunga qaramasdan, fuqarolarning sudlanganlik holati bo‘yicha turli davlat idoralariga tushuntirish berishni so‘rab,qayta-qayta murojaat qilishlarining oldini olish maqsadida, ichki ishlar organlari tomonidan muqaddam sudlangan shaxslarga oid ma’lumotlar bazasi doimiy ravishda tahlil qilinib, sudlanganlik holati haqidagi ma’lumotlarga qonunda nazarda tutilgan muddat o‘tib ketganligi yoki sudlanganligi belgilangan tartibda olib tashlanganligi sababli, shaxsning hozirgi kunda sudlanmagan shaxs deb hisoblanishi to‘g‘risidagi yozuvlarni kiritib borish amaliyotini joriy etish taklif qilinadi.

Xulosa qilib aytganda, amaldagi qonun hujjatlariga yuqorida bayon etilgan takliflarning kiritilishi, avvalambor, bu sohadagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga, qolaversa, majburiy tartibda saqlab turilgan, ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan hamda muqaddam sudlangan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini xalqaro standartlarga muvofiq ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.  

 To‘lqin Tursunov,

«Madad» ‑ muassasa  

shaklidagi nodavlat notijorat   tashkiloti ijrochi direktori

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qamoqda saqlanayotgan shaxslarning huquqlarini ta’minlashda jamoatchilik nazoratining ahamiyati qanday?