Qalbaki alkogol mahsulotlaridan ehtiyot bo‘ling
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotish holati fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xo‘jayli tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Ye.A. va N.N. “Qorao‘zak dehqon bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyati oldida fuqaro B.ga 174 ta qalbaki aksiz markalar bilan yelimlangan “Qaratau” alkogol mahsulotini 3,6 million so‘mga sotgan vaqtida ushlandi.
Ularning avtotransport vositasidan jami 275 dona alkogol mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Dovud Abibullayev, O‘zA