Qalandarov Ravshan Husanovichning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Dehqon xo‘jaliklarida go‘sht ishlab chiqarishning aholi daromadlariga ta’sirini baholash (Samarqand viloyati misolida)” mavzusida
Qalandarov Ravshan Husanovichning 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha “Dehqon xo‘jaliklarida go‘sht ishlab chiqarishning aholi daromadlariga ta’sirini baholash (Samarqand viloyati misolida)” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi PhD.03/29.12.2022.I.111.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 2 iyul kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 180100, Qarshi shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 225-uy. Iqtisodiyot fakulteti faollar zali.
Tel/faks: 221-09-23; faks: (0375) 224-13-95.
e-mail: qmii@qmii.uz, kiei_info@edu.uz