Qal’achada yangi shifo maskani ish boshladi
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyati Quvasoy shahridagi Qal’acha mahallasida yangi tibbiyot punkti foydalanishga topshirildi.
Oilaviy shifokorlik punktining mazkur hududdan biroz olisda joylashgani aholining og‘riqli masalalaridan edi. Masofa uzoqligi ayniqsa, yoshi keksa kishilarning shifokor ko‘rigidan o‘tishida, yosh onalarning farzandlarini emlashga olib borishida qiyinchilik tug‘dirayotgan edi. Qishloq faollarning sa’y-harakati bilan mahallada Arsif oilaviy shifokor punktiga qarashli Qal’acha mahalla tibbiyot punkti tashkil qilindi.
[gallery-11688]
– Tashabbus ijrosiga shu yilning yanvar oyidan kirishdik, – deydi mahalla faoli Mirolim Omonov. – Qishlog‘imiz markazidagi qarovsiz binoni shifo maskaniga aylantirishga ahd qildik. Qurilish ishlariga o‘zim bosh-qosh bo‘ldim. Bu yerning odamlari saxiy, biri moddiy tomondan yordam bergan bo‘lsa, biri qurilish mollariga, ta’mirlash ishlariga ko‘mak berdi. Natijada aholining uzog‘i yaqin, og‘iri yengil bo‘ldi.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA