-

CHEGARADA KECHGAN UMR

(26 sentyabr - O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati organlari kuni)

Bugun hikoya qilmoqchi bo‘lgan qahramonimizing hayot yo‘li bilagida kuchi bisyor, qalbida vatan mehri jo‘sh urgan yigitlar uchun saboq bo‘lmog‘iga ishonaman.

Abdulla Ortiqboyev harbiy xizmatda kechgan 40 yildan ziyod umrini chegara qo‘shinlariga bag‘ishladi. O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmanistonning Xitoy, Afg‘oniston va Eron bilan, ya’ni to‘rt ming kilometrga cho‘zilgan, “Dunyoning osmoni”, deya ta’rif berilgan hamisha qorli Pomir tog‘idan to Kaspiy dengizigacha bo‘lgan davlat sarhadlarida kunni kun, tunni tun demay, xizmat qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmatining Ikkinchi jahon urushida qatnashgan eng so‘nggi ofitseri hisoblangan qahramonimiz 2022 yil bahorda, 97 yoshida Toshkentda vafot etdi.

Navqiron Abdulla 1945 yil fevralda Toshkent harbiy bilim yurti (hozirgi Toshkent umumqo‘shin bilim yurti)ni bitirishi bilan kichik leytenant unvonini olgach, besh kun o‘tib frontga jo‘natiladi. 20 yoshli vzvod komandiri Ukrainaning Karpat tog‘ida millatchilarga qarshi olib borilgan diversiya-qo‘poruv amaliyotida qatnashadi.

Urush yakuniga yetib bormoqda, ammo buni fashistlar anglamoqni istamaydilar. Partizanlik qilib yurgan dushman har zamon sovet jangchilarini tashvishga solib turibdi. Mag‘lubiyatni, ya’ni taslim bo‘lishdan boshqa yo‘l qolmaganini tan olmaslik, qasos olish, bosqinchilik uyushtirish harakati to‘xtamaydi. Yosh o‘zbek yigiti urushning shu mashaqqatini ham boshidan kechiradi.

Qisqa muddat bo‘lsa-da, jangovar harakatda qatnashgani e’tiborga olinib, “1941-1945 yillardagi Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” medali bilan taqdirlanadi.

Vatanga sog‘-omon qaytgach, yuk poyezdida Termizga yetib kelgan zahoti Abdullaning chegara hayoti boshlanadi. Rosa qirq yil umrini davlat chegarasini qo‘riqlashga bag‘ishlaydi. To‘rt o‘n yillik davomida 16 bor xizmat joyini o‘zgartiradi. O‘n olti marta oilasi, yosh farzandlari bilan sharoiti bir navi xonadonlarda yashashga majbur bo‘ladi. “Harbiy buyruqni muhokama qilishga haqli emas, u faqat bajaradi”. Mazkur “temir qonun”ni dilga jo qilgan ofitser qomatini tiklab, o‘ng qo‘lini dast ko‘tarib, boshi chekkasiga, qulog‘i va peshonasi o‘rtasiga keltirib “xo‘p bo‘ladi” deyishdan hecham toliqmaydi.

Yana bir ma’naviy jihati ham borki, buni ham e’tibordan qochirmaslik kerak: qarindosh, yor-birodardan uzoqlashish, sog‘inch va hokazo. Xizmat, sharoit bir sari, bu sitamlarga chidash har qanday kishidan sabr-matonat talab qiladi.

Abdulla Ortiqboyev Termizda qo‘p qolmadi, ikki oy o‘tar-o‘tmas O‘rta Osiyo chegara otryadidagi xizmatini Stalinobod (hozirgi Dushanbe)dan boshlaydi. Katta ofitserlar uning harbiy faoliyatiga oq yo‘l tilaydi. Qilingan chin duo 40 yil halol xizmatga uzanadi.

Qahramonimiz kichik leytenant unvoni bilan chegara bo‘linmasida ish boshlab to general rutbasi bilan O‘rta Osiyo chegara otryadi qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari lavozimigacha bo‘lgan shonli yo‘lni bosib o‘tdi. Bu chegara qo‘shinlari tarixida, tag‘in deng, sho‘ro zamonida sof o‘zbekning ulkan lavozimga ko‘tarilishi kichik voqea emasdi.

Abdullajon otaning xizmatga, Vatanga sadoqati, oddiy vazifadan yuksak darajadagi topshiriqlargacha sidqidildan bajarishi, mas’uliyat hissi nihoyat baland bo‘lgani yutuqlari siri bo‘lsa, ajabmas.

...“Jarti gumbaz” zastavasida ish boshlamasidan rahbarlar uni ogohlantirishdi: mintaqadagi chegara himoyasi masalasida ham, harbiy intizom borasida ham bu joy eng qoloq bo‘linmalardan biri. Zastavaning rahbari ham yosh, uylanmagan, yetarli darajada boshchilik qilolmayapti.

Xizmat joyiga yetib borgan Ortiqboyev ahvol rahbarlar ta’rif berganidan ham abgor ekanini ko‘radi. Yotoq joyi, omborxona va otxonadan kishi jirkanadi. Bu joylar kerosinli lampa va fonar bilan yoritiladi. Bir so‘z bilan aytganda, yashash, xizmat qilish uchun oddiy sharoit ham yo‘q.

Zastava tog‘li hududni, ovloq so‘qmoqdan iborat 70 kilometr uzunlikdagi davlat chegarasini qo‘riqlar edi. Dengiz sathidan 4 yarim ming kilometr balandda joylashgan, kislorod yetishmaydi, fizik-jo‘g‘rofik va iqlim sharoiti harbiy chegara xizmatini o‘tashga salbiy ta’sir qilardi. Daraxt, yashillikdan umuman nishon yo‘q, demak-ki, vitaminga boy mevalar ham anqoning urug‘i. Otlarga yem-xashak, yonilg‘i viloyat markazidan yetkazib turiladi.

Qaltis yo‘lda transport vositasi o‘rnini ot egallagan. Muhandislik-texnika muhofazasi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Zastava bilan chegara otryadi o‘rtasidagi aloqa xizmat kaptarlari yoki signal beruvchi maxsus vosita orqali amalga oshirilardi. Faqat zastava bilan chegara komendaturasi o‘rtasidagina radio aloqasi mavjud edi, xolos.

Abdulla Ortiqboyev Pomir tog‘idagi jamoaga tez kirishib ketdi. Chegara rahbarlari maslahati va o‘gitini hayotda shoshilmay qo‘llay boshladi. Qisqa muddatda yosh ofitser o‘quv-tarbiyaviy ishni yo‘lga qo‘yib oldi. Uning sa’y-harakati bilan shaxsiy tarkib orasida ma’naviy muhit qaror topdi, intizom mustahkamlanib, ishga baraka kirdi, chegarani qo‘riqlash mas’uliyati ishonchli qo‘llarga o‘tadi.

1946 yil avgustiga kelib, Ortiqboyevga davlat chegarasi 70 kilometrga uzangan, Sovet Ittifoqi, Xitoy va Afg‘oniston burchagida joylashgan “Qizil rabot” zastavasiga rahbarlik ishonib topshiriladi.

Keyinchalik Abdulla ota shogirdlariga hikoya qilib berganidek, zastava xodimlarining, deyarli, barchasi undan katta, ko‘p yillik chegarachi tajribasiga ega edi.

Ixcham jamoada hamma bir tan-bir jon bo‘lib xizmat qilmasa, ishda unum bo‘lmaydi. Yosh boshiga Ortiqboyev shu vazifani epladi. Qisqa muddatda jamoada ijobiy muhit yarata oldi.

Yosh ofitserning xizmatdagi muvaffaqiyati rahbariyat tomonidan e’tirof etila boshladi. Unga har ikki-besh yilda yangi, yanada mas’uliyatli vazifa yuklatilardi.

Abdulla Ortiqboyev 13 yil O‘rta Osiyo chegara okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari vazifasida xizmat qildi, maslahatchilar guruhini boshqarib, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlarini shakllantirishda faol ishtirok etdi.

Xizmatning so‘nggi yillari talabalar bilan ishladi. Maxsus o‘quv markazida kafedra mudiri sifatida yoshlarga umri davomida orttirgan boy harbiy-chegara va hayot tajribasini o‘rtoqlashdi, ularni vatanga muhabbat, sadoqat bilan xizmat qilishga chorladi.

Quroldoshlari Ortiqboyevning kitobga mehrini alohida ta’kidlashardi. Kichik zastavadan tortib, yirik idoralargacha hamkasblarini mutoalaaga o‘rgatdi. Tog‘li hududda radio, televideniye bo‘lmagach, kitobga mehr beriladi. Shu bois borgan joyida katta-kichik kutubxona yaratgan. Tajribali harbiy o‘zbek-tojik adabiyotining ham chin muxlisi edi. Do‘stlar davrasida o‘zbek, tojik, fors tillarida o‘qigan g‘azal va she’rlari tinglovchilarni mahliyo qilib qo‘yardi.

Ustoz rus adabiyotini ham yaxshi bilgan. Ayniqsa, Pushkin lirikasini rusiy zabonlardan ham o‘tkazib o‘qigan. “Yevgeniy Onegin” she’riy romanini istagan joyidan yoddan aytib berish qobiliyatiga ega edi.

Abdulla ota yerga ham mudom mehr-muhabbat bergan, “yer boqqanni boqadi”, deya uqtirardi shogirdlariga. Turkmanistonda xizmat qilib yurgan kezlari unga munosib ikki qavatli uy ajratib berishganda, mo‘’jaz hovlida ikki yilda chinakam bog‘ yaratgan. Harbiylik – to‘satdan boshqa ishga o‘tkazishadi. Ma’lum vaqt o‘tib, uning o‘rniga hamkasbi o‘sha hovliga ko‘chib kiradi. Bir muddatdan so‘ng hamkasbi Abdulla akani o‘sha tanish uyga taklif qiladi. Hovliga kirishi bilan... ko‘ziga yosh keladi. O‘z qo‘li bilan yaratgan bog‘dan asar ham qolmagan edi...

Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlashdagi ma’naviy-jangovar xizmati, harbiy amaliyotdagi zahmatlari uchun qirqdan ziyod, shu jumladan, xorijiy davlatlar orden va medallari bilan ham taqdirlangan.

Kuch-quvvat borida faxriy jamoatchi poytaxtimizning Amir Temur mahallasiga boshchilik qildi, xalq mehrini qozondi. Bu davr mahallada tinchlik-osoyishtalik hukm surdi, oilaviy ajrimlar sezilarli darajada kamaydi.

Ana shunday fidoyi vatandoshimiz, chegara qo‘shinlari faxri Abdulla Ortiqboyevning yodi do‘stlari, hamkasblari, mahalladoshlari xotirasida uzoq yillar yashaydi.

Abror G‘ulomov,

mehnat faxriysi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qahramonlar yodi unutilmaydi