Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali rahbariyati hamda talaba-yoshlari 9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida erishilgan buyuk g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan urush yillarida front ortida fidokorona mehnat qilgan faxriylarimizdan biri, bugun qariyb yuz yoshni qarshi olayotgan onaxon Ulmeken Yesnazarovaning uyiga tashrif buyurdi.

Ulmeken Yesnazarova 1941-1945 yillarda Ikkinchi jahon urushi davrida front ortida o‘zining matonati, sabr-toqati va mardligi bilan fidokorona xizmat qilgan. Urushning og‘ir-yengilini boshidan kechirgan, g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shgan bu kabi insonlar bugungi tinch hayotimizning beqiyos tayanchidir.

Ulmeken opaning hayoti yoshlarimiz uchun ibrat maktabi hisoblanadi. Bunday uchrashuvlar yoshlarni tarixni unutmaslikka, tinchlikni qadrlashga va Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga ruhlantiradi.

Prezidentimizning tegishli farmoni asosida Ulmeken Yesnazarovaga 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi sharafiga “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” esdalik yubiley medali tantanali tarzda topshirilgan.

Uchrashuv davomida filial rahbariyati faxriyga sovg‘a-salomlar ulashdi, uning hayoti, urush yillaridagi mehnatlari haqida suhbatlashildi. Talaba-yoshlar esa sabr, bardosh va yurtga sadoqat bobida chinakam ibrat bo‘ladigan hayotiy saboqlarga boy bo‘lgan bu uchrashuvdan katta ruhiy quvvat oldi.  

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qahramonlar – xalq qalbida