O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirish” mavzusida ta’sis konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston mahallalari uyushmasini tuzish va uning hududiy bo‘linmalarini tashkil etish, uyushma Ustavi va Ramzini, hududiy bo‘linmalarining Namunaviy nizomlarini tasdiqlash, uyushmaning Nazorat-taftish komissiyasi raisi va a’zolarini saylash, shuningdek, uyushma va uning hududiy bo‘linmalari hamda mahalla faollari oldida turgan ustuvor vazifalar to‘g‘risidagi masalalar muhokama qilindi.  

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Norboyeva, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Respublika mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashi raisining birinchi o‘rinbosari G‘.Mirzayev, vazirlik va idoralar rahbarlari, respublika hamkor tashkilotlar vakillari, shuningdek, viloyatlardan 140 nafar delegat ishtirok etdi.  

Ta’sis konferensiyasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Norboyeva mahalla chinakam xalq manfaatini ko‘zlaydigan, aholi muammolarini mustaqil hal eta oladigan, davlat organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatishga qodir yetakchi fuqarolik jamiyati institutiga aylanganini qayd etdi. Mahallaning joylarda xalqning maslakdoshi va ko‘makdoshiga, ta’bir joiz bo‘lsa, “adolat tarozisi”ga aylanishi, hech shubhasiz, odamlarning davlatga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi.  

Prezidentimizning 2023 yil 21 dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan mahallalarni qo‘llab-quvvatlashni yanada takomillashtirish borasida ustuvor vazifalar belgilab berilgan.  

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan delegatlarning fikr-mulohazalari tinglandi. Unda mahalla tizimidagi o‘zgarishlar, uning jamiyat hayotidagi o‘rni va obro‘sini oshirish borasidagi tashabbuslar, “mahalla yettiligi”ning faoliyat yo‘nalishlari xususida so‘z bordi.  

Prezident farmon va qarorida belgilangan ustuvor vazifalar birma-bir tahlil qilindi. Delegatlar mahalla tizimini takomillashtirishga oid takliflari va tashabbuslarini bildirdi.  

Konferensiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Delegatlar O‘zbekiston mahallalari uyushmasining raisi lavozimiga Qahramon Quronboyev nomzodini bir ovozdan ma’qulladi.  

Konferensiya ishtirokchilari nomidan mahallalar faollariga Murojaat qabul qilindi.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/aFLyksJmWVA" title="Mahalla budjeti tizimi yo‘lga qo‘yildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Shahnoza Mamaturopova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qahramon Quronboyev O‘zbekiston mahallalari uyushmasining raisi lavozimiga saylandi (+video)