Hakim Primovich TO‘XTAEV professor v.b. O‘zbekiston milliy universiteti Toshkent, O‘zbekiston tuxtaevxakim0@gmail.com
Annotatsiya
Maqolada, “Qadriyatlar sohasi” va “Aksiologiya qonuniyatlari” tushunchalarining ijtimoiy-falsafiy tahlili keltirilib, aksiologiya qonuniyatlari keng qamrovli tushuncha ekanligi bayon etilgan. Qator ijtimoiy-ma’naviy hamda ijtimoiy mezon sifatidagi xususiyatlar, har bir jamiyatning o‘z qadriyatlarini boyitishda avvalo moddiy, qolaversa, ma’naviy hayot sohalariga har tomonlama munosib aksiologik tamoyillarning maqsadga muvofiq ekanligi hamda “Qadriyatlar sohasi”ning qonuniyatlari tahlil etilgan.
Tayanch so‘zlar: qadriyatlar sohasi, aksiologiya qonuniyatlari, qadriyat, inson, hayotiy qadriyat, ma’naviy omillar, qadriyatshunoslik qonuniyatlari, aksiologik tizimlar, aksiologik mezonlar, jamiyat yangilanishi, ma’naviy hayot, ma’naviy-ruhiy mezonlar.