21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni

O‘zbek tili bayrami kuni shu ezgu g‘oya ostida Jizzax viloyatining har bir mahalla va qishloqlarida, maktabgacha va maktab ta’limi, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida, korxona, tashkilot hamda idoralarida keng ishonlanmoqda.  

Prezidentimizning  2019 yil 21 oktyabrdagi  “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga binoan ushbu tarixiy sana bayram kuni deb belgilangan.  

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonuni esa sobiq ittifoq davridayoq, ya’ni 1989 yilning 21 oktyabrida qabul qilinib, shu kundan e’tiboran, ushbu tarixiy hujjatga muvofiq o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi.  

Joriy yilda butun mamlakatimizda O‘zbek tiliga davlat maqomi berilganligining 35 yilligi keng nishonlanmoqda va shu kunga bag‘ishlangan tantanalar yurtimizning har bir go‘shasida allaqachon boshlab yuborilgani  xalqimiz o‘z ona tilini naqadar ardoqlashidan dalolat beradi.

Davlat tili siyosiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda xalqni birlashtiruvchi qudratli vosita sanalib, ona tilimiz so‘zlashuvchilar soni ko‘pligiga ko‘ra, sayyoramizda eng keng tarqalgan 40 ta tildan biri ekani barchamizning qalblarimizda ulkan faxr tuyg‘usini uyg‘otadi.  

Viloyatning ko‘p millatli olis Mirzacho‘l tumanida ham qutlug‘ bayramni keng nishonlash, bayramga bag‘ishlangan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etishga alohida e’tibor qaratilib, unda nafaqat o‘zbeklar, balki shu tumanda istiqomat qiluvchi qozoq, tojik, rus, qirg‘iz va boshqa millat vakillarining ham o‘zbeklar bilan birga bayramni nishonlayotganini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.

O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tuman markazidagi O‘zbekiston shoh ko‘chasiga o‘zbek tilini ulug‘lovchi rang-barang targ‘ibot materiallari joylashtirilgani Gagarin shaharchasi ko‘rkiga yanada ko‘rk va o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Ona tilimizga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘lishi munosabat bilan tuman hokimligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, qozoq, rus, tojik, qirg‘iz milliy- madaniy markazlari, Bolalar musiqa va san’at maktabi hamda boshqa  tashkilotlar  hamkorligida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

[gallery-19858]

Bayram tadbirida Mirzacho‘l tumani Bolalar musiqa va san’at maktabi tarbiyalanuvchilari ijrosida Turkiston o‘lkasi mustaqilligi, , millat madaniyati uchun kurashda jonlarini fido qilgan jadidchi bobolarimizning hayotini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishi yig‘ilganlarning diqqat markazida bo‘ldi.  

O‘quvchi-yoshlar, tuman madaniyat uyi qoshidagi hamda milliy-madaniy markazlar havaskor san’atkorlari ijrosida O‘zbekiston xalq shoirlari Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf va boshqalar qalamiga mansub  o‘zbek tilini, Vatanni, do‘stlikni, sevgi va muhabbatni, go‘zal diyorimizni madh etiuvchi she’r va qo‘shiqlar, jozibali raqs va dillarga orom baxsh etuvchi musiqalar tadbir ishtirokchilarga xush kayfiyat va bayramona ruh bag‘ishladi.

<iframe width="853" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/9DQ8syAjyos" title="Qadring baland boʻlsin, ona tilim!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Davlat tili qabul qilinganligining 35 yilligiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbirlar, badiiy va ijodiy kechalar Jizzax viloyatining barcha hududlarida qizg‘in davom etmoqda.

                                        A.Qayumov (surat, video), O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qadring baland bo‘lsin, ona tilim! (+video)