Qadoqlash mahsulotlari eksporti kengaymoqda
FOTOREPORTAJ
“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yuritayotgan “Great Kokand” mas’uliyati cheklangan jamiyati ishlab chiqarish sohasida barqaror rivojlanayotgan korxonalardan biri hisoblanadi.
Korxonada ishlab chiqarish jarayoni zamonaviy uskuna va texnologiyalar asosida yo‘lga qo‘yilgan. Qat’iy sifat nazorati va yuqori sifatli xomashyodan foydalanish mahsulotlar raqobatbardoshligini ta’minlamoqda. Ayni paytda ichki bozor uchun turli turdagi qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
[gallery-27816]
Xususan, momiq soqichlar uchun mo‘ljallangan qadoqlash mahsulotlariga talab ortib bormoqda. Ushbu mahsulotlarning Rossiya Federatsiyasiga eksporti yo‘lga qo‘yilgani korxonaning tashqi bozordagi faoliyati kengayayotganidan dalolat beradi.
Korxona mas’ullarining ma’lumotiga ko‘ra, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, eksport geografiyasini kengaytirish va sheriklar bilan uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash ustuvor vazifalardan hisoblanadi.
Bugungi kunda “Great Kokand” sifat va ishonch tamoyillariga tayangan holda ichki va tashqi bozorda o‘z mavqeini mustahkamlab bormoqda.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA