Tarixiy yodgorliklar — xalqning o‘tmishi, madaniyati, urf-odatlari va qadriyatlarining tirik guvohi. Ular orqali millat o‘z tarixini, kelib chiqishini va shaxsiyligini anglaydi.

Fanlar akademiyasi axborot xizmati rahbari Mohira Jumanovaning ma’lum qilishicha, Namangan viloyatida joylashgan Axsikent yodgorligida yodgorlikning 10 ga yaqin obe’ktni ochiq osmon osti muzeyiga aylantirish ishlari  boshlab yuborilgan. 

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra,  2024-2025 yillardagi arxeologik tadqiqotlar mavsumida 11, 15 va 21-qazishma ob’ektlari muzeylashtirishga tayyorlanmoqda. Ushbu ob’ektlarda asosan X-XIII asr boshlariga oid turar-joylar, yer osti inshootlari va hunarmandchilik ustaxonalari qoldiqlari aniqlangan. 

Ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirilgan 9-ob’ektda Axsikent shahrining mudofaa devorlari shakllanish bosqichlarini yaqqol ko‘rish mumkin. Bu yerda mahalliy va xorijlik mehmonlarga er. avv. III asrdan o‘rta asrlarga qadar davrma-davr tarkib topgan mudofaa devori namoyish etilmoqda. Shuningdek, muzeyga aylantirilayotgan 18-ob’ektda XIII asr boshlarida barpo etilgan mudofaa devori, turar-joylar va yer osti toza suv tizimi ko‘rsatilsa,  11-ob’ektda mahobatli inshootlar bilan yer osti tag xonalar namoyish etiladi. 

Bundan tashqari  o‘tgan 2021 yildan buyon Namangan viloyati, Chust tumani hududida joylashgan Bibiona (Qadimgi Chust) arxeologik yodgorligida olib borilayotgan tizimli tadqiqotlar davomida Farg‘ona vodiysining so‘nggi bronza va ilk temir davriga oid moddiy madaniyat namunalari, ularning davriy xronologiyasi, turar joy qoldiqlari hamda qadimgi dehqonchilik faoliyatining arxeologik belgilari aniqlandi va o‘rganilmoqda.

Yodgorlikdagi arxeologik qatlamlardan flotatsiya usuli yordamida arxeobotanik materiallar – kuygan o‘simlik urug‘lari, organik qoldiqlar va boshqa o‘simlik asosli namunalarning ajratib olinishi amalga oshirildi. Ushbu materiallar qatlamlardan suvda yuvish orqali to‘planib, laboratoriya tahlillari uchun Germaniyaga yuborildi.

Shuningdek, Jizzax viloyati Bahmal tumanida dengiz sathidan 2200 metr balandlikda joylashgan To‘g‘onbuloq yodgorligi hozirgi vaqtda O‘zbekiston tog‘li hududlaridagi eng yuqorida joylashgan yagona qadimgi shahar hisoblanib, 2025 yil iyun oyidan boshlab bu yodgorlikda keng qo‘lamli tadqiqot ishlari davom ettirilmoqda.

2025 yil iyun oyidan boshlab 2024 yilda aniqlangan Kitob tumani Yangiqishloq aholi manzilidan 4 km. shimolda joylashgan o‘rta tosh davriga oid yangi Kiyik-Kamar g‘or-маконида O‘zbek-Polsha xalqaro qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi tadqiqot olib borilmoqda. Dastlabki tadqiqot ishlari natijasida ushbu yodgorlik undan 7 km. janubi-sharqda joylashgan Angilak g‘or-makoniga o‘xshash ekanligi aniqlandi. Qazish ishlarida 100 ta, jumladan, 6 dona texnik-tipologik xususiyatlarga ega tosh buyum topilgan. Hozircha 5 ta madaniy qatlam aniqlanib, 5-madaniy qatlamda uchoq va tosh artefaktlar topilgan.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani Qorako‘z qishlog‘idan 2-3 kilometr janubi-sharqda mezolit-neolit davriga oid yangi Chuchukbuloq yodgorligi aniqlandi. Dastlabki qazuv ishlaridan ma’lum bo‘lishicha, ushbu yodgorlik 3 ta madaniy qatlamdan iborat. Mezolit-neolit davriga oid bu yodgorlik voha tarixining aynan shu davrini o‘rganishda o‘ta ahamiyatlidir. Yodgorlikning yana bir muhim tomoni respublika hududida mazkur davrga oid madaniy qatlamlari saqlanib qolgan yodgorliklardan biri ekanligi hisoblanadi. Yodgorlik Qizilqum hududidagi Kaltaminor, Samarqand vohasidagi Sazag‘on va O‘zbekiston janubi hamda Tojikistonda tarqalgan Xisor madaniyatlari chorrahasida joylashgan bo‘lib, qazuv ishlari natijasi madaniy qatlamlarning topilmalarga boy ekanligini ko‘rsatdi. Tadqiqotlar davomida qalamsimon o‘zak toshlar, mikroplastinkalar, mikropaykon va qirg‘ichlar topib o‘rganildi.

Milliy arxeologiya markazi va Angliyaning London Kings kolleji o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, Navoiy viloyati Zarafshon va Nurota tumanlari hududidagi tadqiqotlarda Pashat yodgorligi atrofi, Ulus qishlog‘i yaqinidagi Kattaachchiq ko‘l o‘rni tekshirildi. Shuningdek, Uchtut ustaxonasi ko‘zdan kechirilib, o‘rta paleolit davriga oid tosh uchirindilari namunalari olindi. Tadqiqotlar davom ettirilmoqda.

2024 yilda topib o‘rganilgan Tunkat yodgorligiнинг shahriston qismidagi ustaxona o‘rnida 2025 yil may oyida olib borilgan tadqiqotlar natijasida XII asrga tegishli Tunkat dehqoni Muhammad ibn Mansur farmoniga ko‘ra zarb etilgan mis tanga aniqlandi. Bu Tunkatda shu davrda zarbxona mavjud bo‘lganligini tasdiqlovchi manba hisoblanadi.

Jizzax viloyati Zomin tumani hududida joylashgan Zominsoy havzasidagi arxeologik yodgorligidagi tadqiqotlarda Zomin tumani hududida ilgari noma’lum bo‘lgan Qayirma nomli yangi mozor-qo‘rg‘onlar guruhi aniqlandi. Izlanishlar davomida 10 ga yaqin qabr-qo‘rg‘onlar o‘rni aniqlanib, ulardan 3 tasi qazib ochildi. O‘rganilgan qabrlardan bittasi o‘z davrida buzilmagan va yaxshi saqlangan bo‘lib, unda inson skeleti va suvdon bor. Dastlabki hulosalarga ko‘ra ushbu mozor-qo‘rg‘onlar so‘ngi antik va ilk o‘rta asrlarga oid bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Toshkent viloyati Ohangaron tumani, Kandirsoy qishlog‘i hududidan noyob arxeologik topilma – milodiy II–IV asrlarga oid katakomba tipidagi qabr aniqlandi. Bu qishloq aholisi tomonidan tasodifan topilgan va hozirda Milliy arxeologiya markazi tomonidan tuzilgan guruh tadqiqot olib bormoqda.

Qabr ichida bir erkak va bir ayol dafn qilingan bo‘lib, erkak skeletining son suyaklari orasiga silliqlangan tosh buyum joylashtirilgan. Skeletlar yonidan ikkita sopol ko‘za ham topilgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, ko‘zalar ichida sut mahsulotlari saqlangan bo‘lishi mumkin. Ushbu topilmalar shakli, yasalish uslubi va dafn marosimi odatlari bilan Toshkent vohasida keng tarqalgan qadimgi Qovunchi arxeologik madaniyatiga mansub.

Xulosa qilib aytganda,  qadimiy topilmalar va arxeologik madaniyat — millatning ildizi, o‘tmishi va ma’naviy boyligidir. Ularni o‘rganish, muhofaza qilish va avlodlarga yetkazish dolzab vazifa.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qadimiy topilmalar va arxeologik madaniyat — millatning ildizidir