Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Buxoro aeroporti” chegara bojxona posti hamda Aviatsiya xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida qadimiy tangalarning yurtimiz hududidan olib chiqilishi oldi olindi.
“Buxoro-Vnukovo” yo‘nalishi bo‘yicha xorijiy davlatga uchib ketayotgan fuqaro o‘zi bilan Respublikamiz hududidan ta’qiqlangan madaniy meros ashyolarini olib chiqishga uringan vaqtda to‘xtatib qolindi.
Hozirda ashyoviy dalil sifatida saqlovga olingan jami 8 dona tangalarning qadimiylik darajasini aniqlash maqsadida Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi tomonidan ekspertizadan o‘tkazilmoqda.
Dastlabki xulosalarga ko‘ra, ushbu ashyolar 1682-1725 yillarda Pyotr I hukmronligi davrida zarb etilganligi yuzasidan ma’lumotlar mavjud.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.