Jizzaxlik bir guruh kasaba uyushma faollari koʻhna Xorazmga sayyohat qilib Urganch va Xiva shaharining diqqatga sazovor joylarida boʻldi.

Ushbu sayohat “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturi doirasida kasaba uyushmalari tashkilotlari viloyat birlashmasi kengashi tomonidan tashkil etildi. Unda Jizzax shahri, Zomin, Zarbdor, Sh.Rashidov, Mirzachoʻl va Forish tumanlaridagi xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash ishlab chiqarish tashkilotlari va muassasalari xodimlaridan hamda mehnat faxriylaridan iborat boʻlgan 54 nafar kasaba uyushmalari faollari ishtirok etdi.

Sayohatchilar koʻhna Xiva shahridagi “Ichan qalʼa” majmuasi va boshqa tarixiy obidalar bilan tanishishdi. Ikkinchi kuni Urganch shahridagi “Oxun bobo” masjidi, buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdi majmuasi va Urganch tumanidagi “Ulli hovli” qalʼasi hamda shahardagi diqqatga sazovor joylarda boʻlishdi.

– Oʻzbekiston kasaba uyushmalari tashkilotlari federatsiyasi “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” dasturi doirasida mamlakatimizning tarixiy shaharlariga sayohatlar tashkil etilganidan minnatdormiz, – deydi sayohatchilar guruhi rahbari, taʼlim, fan va madaniyat xodimlarining kasaba uyushmasi Zomin tumani kengashi raisi Diyor Fozilov. – Karantin talablari va sanitariya talablariga qatʼiy rioya etilgan holda amalga oshirilgan ushbu sayohat juda koʻngilli oʻtdi. Sayohat davomida qadim Xorazmning tarixiy joylari, bugungi zamonaviy jamolini tomosha qilib zavqlandik, koʻplab yangi maʼlumotga ega boʻldik. Eng muhimi miriqib hordiq chiqardik.

Viloyatda “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” dasturi doirasida ichki turizmni rivojlantirish jadvali ishlab chiqilgan. Xorazm safari ushbu jadval asosida kasaba uyushmalar tashkilotlari birlashmasi viloyat kengashi tomonidan mamlakatimiz tarixiy shaharlariga tashkil etilgan sayohatlarning uchinchisi boʻldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qadim Xorazmga sayohat
Жамият
10:35 / 26:10:2020