Qabristondagi qotillik fosh etildi
Qoraqalpog‘istonda yigit sevgilisini pichoqlab o‘ldirganligi haqida turli mish-mish gaplar tarqagan edi. Ushbu hodisa yuzasidan sud ishi oxiriga yetib, sirli qotillik haqida rasmiy ma’lumot berildi.
Qoraqalpog‘istonda yigit sevgilisini pichoqlab o‘ldirganligi haqida turli mish-mish gaplar tarqagan edi. Ushbu hodisa yuzasidan sud ishi oxiriga yetib, sirli qotillik haqida rasmiy ma’lumot berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasining “Istiqlol va qonun” gazetasida xabar berilishicha, fuqaro Abdulla Tenelbaev Toshkent shahrida qurilish ishlarida yurib, o‘zining gaplashib yurgan qizi S. Quralbaevaning boshqa yigitga turmushga chiqqanligi to‘g‘risidagi xabarni eshitdi. Darrov u qizga qo‘ng‘iroq qilib, voqeaga oydinlik kiritdi. U Toshkentdan Nukus shahriga S.Quralbaeva o‘qiyotgan oliygohga boradi. So‘ng har ikkisi avval berilgan va’dasini, ya’ni “agar turmush qurmasa, o‘z joniga qasd qilish”ga kelishdi. Ertasi kuni bu ishni amalga oshirishga kelishgan juftliklar qabristonga keldi. A. Tenelbaev bozordan o‘ziga pichoq sotib oldi. Belgilangan joyga kelgach, Abdulla S.Quralbaevaning turmush o‘rtog‘iga telefonda “sen qilgan xatoni tuzatmoqchiman, u senga ham, menga ham yo‘q. Biz bir birimizni o‘ldirmoqchimiz”, deb eslatdi. Dastlab A. Tenelbaev qizning chap ko‘krak qismiga ikki marta, bo‘yin va qorniga uch marta pichoq urdi. Uning joni uzilayotganini ko‘rib, u o‘zini ham pichoqladi. Ammo voqea joyiga kelgan tez tibbiy yordam tufayli A. Tenelbaevning hayoti saqlab qolindi.
Ushbu holat bo‘yicha olib borilgan sud ishida Abdulla Tenelbaevga Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan 12 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.