Putinning keskin bayonoti, Eron bilan yangi taranglik, 800 kishi zaharlandi - Xorij xabarlari
Bugungi “Xorij xabarlari” dasturida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga yordam berayotgan G‘arb davlatlarini xalqaro terrorizmga sheriklikda ayblagani, Janubiy Koreyada Suriyadagi terrorchi guruhga yordam berishda gumonlangan to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi ushlangani, Indoneziyada prezidentning bepul ovqat dasturidan 800 ga yaqin kishi zaharlangani hamda Peruda “El-Nino” xavfi tufayli 893 ta tumanda favqulodda holat e’lon qilingani haqida so‘z boradi.
Shuningdek, Isroil mudofaa vaziri Isroil Kats Eron hujum qilsa, mamlakat “juda katta kuch” bilan javob berishga tayyorligini bildirgani hamda Daniya Arktikadagi keskinlik ortishi fonida Grenlandiyaga harbiy xizmatga chaqirilgan askarlarni yuborgani haqidagi xabarlar ham dasturimizdan o‘rin olgan.
Dunyoda ro‘y berayotgan eng muhim voqealarni biz bilan kuzatib boring.
Nozimbek Mardonov, Salimjon Obidjonov, O‘zA