Putin Xitoyga gaz uchun chegirma taklif qildi (+video)
Eron shart qo‘ydi, Rossiya gazni arzonlashtirdi: kunning asosiy xorij xabarlari
Eron Hurmuz bo‘g‘ozini ochish uchun AQSHga qator shartlar qo‘ydi. Tehron dengiz blokadasi bekor qilinishi, harbiy harakatlar to‘xtashi va global iqtisodiyotga bosim o‘tkazilmasligini talab qilmoqda, aks holda bo‘g‘oz ochilmasligi aytilgan. Shu bilan birga, Rossiya Xitoyga gaz yetkazib berishda katta chegirmalar bermoqda: «Sibir kuchi» quvuri orqali yuboriladigan gaz narxi Yevropa bozoriga nisbatan 30–40 foiz arzon. Bu Yevropa bozorining qisqarishi fonida «Gazprom» eksport yo‘nalishini qayta shakllantirayotganini ko‘rsatadi.
Moldovada milliarder Vladimir Plaxotnyuk jinoiy faoliyatda aybdor deb topilib, 19 yilga qamaldi. Xitoyda esa 29 yoshli qiz 60 mingdan ortiq zaharli ilon boqib, yiliga yuz minglab dollar daromad qilayotgani ma’lum bo‘ldi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yaqin Sharqdagi keskinlik Ukrainadagi urushni ikkinchi planga surayotganidan xavotir bildirib, harbiy yordam kechikayotganini ta’kidladi. Salvadorda esa «Mara Salvatrucha» to‘dasining 486 nafar a’zosi ustidan ommaviy sud boshlandi — ular 47 mingdan ortiq jinoyatda ayblanmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/fkqnEt0m4KM" title=" Eron shart qo‘ydi, Rossiya gazni arzonlashtirdi: kunning asosiy xorij xabarlari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nozimbek Mardonov, Salim Obidjonov O‘zA