Putin va Lukashenko 25 iyun kuni ko‘rishadi
25 iyun kuni Sankt-Peterburg shahrida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Axborotda muloqot davomida ikki tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatini yanada rivojlantirish, integratsiya jarayonini rag‘batlantirish masalalari muhokama etilishi rejalashtirilgani ta’kidlangan.
O‘zA