Putin va Jo Bayden Chexiyada uchrashishi mumkin
Rossiya va AQSH prezidentlari Vladimir Putin va Jo Bayden Chexiyada uchrashishi mumkin. Bu haqda mamlakat tashqi va ichki ishlar vaziri Yan Gamachek Twitter orqali ma’lumot berdi.
“Men Vashingtondagi va Moskvadagi elchilarimizga mazkur uchrashuv joyi sifatida Pragani taklif qilish bo‘yicha topshiriq berdim”, dedi Yan Gamachek.
Eslatib o‘tamiz, Bayden va Putinning 13 apreldagi telefon orqali muloqotida Oq uy rahbari Rossiya prezidentiga sammit o‘tkazish taklifini bergan. Chexiyadan oldin Avstriya va Finlyandiya o‘z hududida mazkur uchrashuvni tashkillashtirishga tayyorligini bildirgandi.