Putin va Bayden Ukraina masalasini ham muhokama qildi
- Rossiya prezidenti Vladimir Putinga amerikalik hamkasbi Jo Bayden bilan onlayn suhbat ma’qul keldi, - deydi Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov. - Bu format ochiqchasiga gapirish imkonini berdi.
Bir kun avval yetakchilar videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi, muzokara ikki soatga yaqin davom etdi. Ikkala tomon ham muloqot chog‘ida Putin va Bayden Ukraina atrofidagi vaziyat rivojlanishiga, xususan, NATOning Sharqqa kengayishi va Rossiya chegaralari yaqinida hujum qurollarini joylashtirishiga eng ko‘p e’tibor qaratganini ta’kidladi. Kreml suhbatda “Shimoliy oqim-2” haqida gapirilmaganini ham ta’kidladi.
Peskovning qo‘shimcha qilishicha, prezidentlar Yevropada strategik xavfsizlik masalasini muhokama qiladigan o‘z vakillarini tayinlashga kelishib olgan.
Keyinroq Putin va Bayden yana muloqot qilishmoqchi, biroq matbuot kotibi keyingi muzokara aynan qachon bo‘lib o‘tishiga aniqlik kiritmadi.