Pulatov Ma’murjon Murodjon o‘g‘lining iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Turizm infratuzilmasini rivojlantirishda innovatsiyalarni qo‘llash mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida
Pulatov Ma’murjon Murodjon o‘g‘lining 08.00.17 – “Turizm va Mexmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “Turizm infratuzilmasini rivojlantirishda innovatsiyalarni qo‘llash mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/10.12.2019.I.16.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 20 yanvar kuni soat 16:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100066, Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 49-uy. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Tel.: (99871) 239-01-49,
e-mail: tdiu@tsue.uz