PSJ Zion Suzuki transferini yakunlashga yaqin turibdi
Parij klubi 23 yoshli darvozabon uchun 36 million yevro to‘lashga tayyor. Tomonlar futbolchi bilan 2031-yilgacha mo‘ljallangan shartnomani ham muhokama qilmoqda.
«Parma» darvozaboni Zion Suzuki faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Yaponiyalik futbolchi PSJga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Parij klubi 23 yoshli darvozabon uchun 36 million yevro to‘lashga tayyor. Tomonlar futbolchi bilan 2031-yilgacha mo‘ljallangan shartnomani ham muhokama qilmoqda.
Insayder Fabritsio Romano esa transferning biroz boshqacha moliyaviy ko‘rsatkichini keltirgan. Uning ma’lumotiga ko‘ra, bitim bonuslar bilan birga 35 million yevroni tashkil etadi. Avvalroq L’Équipe ham aynan shu summani qayd etgan edi.
Suzuki 2024-yil yozida Belgiyaning «Sint-Troyden» klubidan «Parma»ga 7,5 million yevro evaziga o‘tgan.
Yaponiyalik darvozabon o‘tgan mavsum 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 30 ta gol o‘tkazib yubordi va 6 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqladi.
Suzuki, shuningdek, Yaponiya terma jamoasi bilan 2026-yilgi jahon chempionatida ishtirok etdi. Yaponiya musobaqaning 1/16 final bosqichigacha yetib bordi.