Psixotrop dori vositalari to‘xtatib qolindi
Psixotrop moddalarni davlatimiz hududiga olib kirishga uringan shaxs bojxona xodimlari tomonidan to‘xtatib qolindi.
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona postiga kirib kelgan, “Turkiya-Tojikiston” yo‘nalishida harakatlanayotgan avtomashina haydovchisining xatti harakatlari bojxona xodimida shubha uyg‘otganligi sababli tegishli tartibda bojxona tekshiruvidan o‘tkazildi.
Natijada, fuqaro tomonidan og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, avtomobilning salon qismidagi muzlatgichida yashirib qo‘yilgan 130 dona psixotrop moddaga o‘xshash dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan tegishli tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA