Profilaktika, ijtimoiy muammolar va yoşlar bilan işlaş masalalari örganildi
Mahallalarda tinçlik va osoyiştalikni taʼminlaş, huquqbuzarlik va jinoyatçilikning barvaqt oldini oliş, aholi muammolarini joyida aniqlab, ularga samarali yeçim topiş bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan ilgari surilayotgan “Xavfsiz va soğlom yurt” tamoyili hamda mahallalarda xavfsiz muhitni şakllantirişga qaratilgan islohotlar zamirida ham inson qadri, jamoat xavfsizligi va ijtimoiy barqarorlikni taʼminlaş maqsadi mujassam.
Bu borada 2026-yil 5-yanvarda qabul qilingan Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratiş yönalişida yaxlit manzilli işlaş tizimini joriy etişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” gi hamda Özbekiston Respublikasi Prezidentining “2026-yilda Respublika mahallalarida jinoyatçilikning barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oşiriş böyiça taşkiliy çora-tadbirlar töğrisida” gi qarorlari ijrosini taʼminlaş muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini tizimli taşkil etiş, masʼul idoralar hamkorligini kuçaytiriş va joylardagi işlarning natijadorligini taʼminlaş maqsadida Buxoro viloyatida Respublika idoralararo muvofiqlaştiriş ştabi taşkiliy yiğilişi bölib ötdi.

Unda Respublika idoralararo muvofiqlaştiriş ştabi va işçi guruhi aʼzolari, Içki işlar, Adliya, Kambağallikni qisqartiriş va bandlik, Soğliqni saqlaş, Taʼlim va ilm-fan vazirliklari, Yoşlar işlari agentligi, Milliy gvardiya, Özbekiston mahallalari uyuşmasi, Oila va xotin-qizlar qömitasi hamda ularning hududiy boşqarmalari masʼullari, huquqni muhofaza qiluvçi organlar, taʼlim va ilmiy taşkilotlar vakillari iştirok etişdi.
Yiğilişda qarorlar ijrosi doirasida tasdiqlangan “Yöl xaritalari” bajarilişi, amalga oşirilgan işlar yuzasidan taqdim etilayotgan hisobotlarning haqqoniyligi va natijadorligi atrofliça muhokama qilindi. Masʼullarga belgilangan vazifalar ijrosini xolis örganiş, mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş va har bir yönaliş böyiça aniq natijalarga erişiş yuzasidan topşiriqlar berildi.
Şundan söng Respublika ştabi işçi guruhlari tomonidan Buxoro şahri, Jondor, Kogon va Peşku tumanlaridagi mahallalarda xavfsiz muhit yaratiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar örganildi. Bunda asosiy eʼtibor kriminogen vaziyati oğir mahallalarda ijtimoiy profilaktika haftaligini taşkil etiş, muammoli va jinoyat sodir etişga moyil şaxslar bilan manzilli işlaş, muqaddam sudlangan hamda probatsiya nazoratidagi fuqarolarni ijtimoiy moslaştiriş masalalariga qaratildi.

Şuningdek, oğir ijtimoiy ahvoldagi, tazyiq va zöravonlikka uçragan xotin-qizlar, muammolar girdobida qolgan yoşlar bilan işlaş, ularni qiynayotgan omillarni aniqlaş va bartaraf etiş çoralari körib çiqildi. Aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan masʼullarga tegişli körsatma va topşiriqlar berildi.
Örganişlar davomida jamoat xavfsizligini taʼminlaşda ijtimoiy profilaktikaning örniga ham alohida eʼtibor qaratildi. Zero, jinoyat sodir etilgandan keyin uning oqibatlarini bartaraf etişdan köra, insonni huquqbuzarlikka yetaklaşi mumkin bölgan ijtimoiy, iqtisodiy va maʼnaviy muammolarni öz vaqtida aniqlaş va ularga yeçim topiş ança samaralidir.
Şu maqsadda işçi guruh aʼzolari Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Buxoro viloyati filialida ham bölib, hududda narkologiya va psixiatriya xizmatlarini samarali taşkil etiş borasidagi işlar bilan tanişdi.
Uçraşuvda aholi örtasida ruhiy va narkologik kasalliklarning oldini oliş, bemorlarni manzilli davolaş, dispanser nazoratini kuçaytiriş hamda tibbiy va ijtimoiy profilaktika çoralarini muvofiqlaştiriş masalalari muhokama qilindi.

Şuningdek, ruhiy va narkologik kasalliklar böyiça hisobda turgan bemorlarning yaqin qarindoşlari bilan oçiq muloqotlar taşkil etildi. Mutaxassislar tomonidan bemorlarni davolaş tartibi, ularning holatini muntazam nazorat qiliş, turli salbiy holatlarning oldini olişda oila aʼzolarining masʼuliyati va hamkorligi xususida tuşuntirişlar berildi. Fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qonuniy hal etiş böyiça masʼullarga topşiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Yoşlar bilan işlaş masalasi ham örganişlarning muhim yönalişlaridan biri böldi. Xususan, Yoşlar markazida “Yoşlar jinoyatçiligini barvaqt oldini oliş hamda yoşlarning muammolari va taşabbuslari” mavzusida uçraşuv ötkazildi. Unda yoşlarning murojaatlari tinglanib, taʼlim oliş, iş bilan taʼminlaniş, tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş, kasb-hunar egallaş va mavjud imkoniyatlardan foydalanişda uçrayotgan tösiqlar atrofliça örganildi. Bildirilgan taklif va taşabbuslar yuzasidan masʼul idoralar vakillariga aniq vazifalar yuklatildi. Bu yondaşuvning ahamiyati şundaki, yoşlar jinoyatçiligining oldini oliş faqat nazorat va profilaktik suhbatlar bilan çeklanmasligi kerak. Yoşlarga taʼlim, kasb, bandlik va tadbirkorlik uçun real imkoniyat yaratiş, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş ham jinoyatçilikka qarşi kuraşişning muhim omilidir.
Örganişlar Buxoro va Kogon şaharlari, Qoraköl va Buxoro tumanlaridagi mahallalarda ham davom ettirilib, tasdiqlangan “Yöl xaritalari” ijrosi, xavfsiz muhitni şakllantiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar tahlil qilindi.
Örganişlar yakunida Boş prokurorning birinçi örinbosari B. Valiyev raisligida Prezident qarorlari ijrosi yuzasidan Buxoro viloyatida ötkazilgan örganişlar natijalari muhokamasiga bağişlangan sayyor yiğiliş bölib ötdi.

Unda mahallalarda xavfsiz muhitni şakllantiriş, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatçilikni barvaqt aniqlaş va oldini oliş, yoşlar bilan işlaş hamda idoralararo hamkorlik samaradorligi tahlil qilindi. Belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş va jamoat xavfsizligini yanada mustahkamlaş yuzasidan tegişli çora-tadbirlar belgilandi.
Yiğiliş yakunida jamoat xavfsizligini taʼminlaş, huquqbuzarliklar profilaktikasi va yoşlar bilan işlaş yönalişlarida samarali faoliyat olib borgan bir qator masʼullar rağbatlantirildi. Jumladan, öz xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib, yuqori natijalarga erişgan Milliy gvardiya harbiy xizmatçilari ham munosib taqdirlandi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri