Andijon davlat tibbiyot institutida “Profilaktik tibbiyotda ilg‘or innovatsion texnologiyalarni qo‘llash” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Andijon davlat tibbiyot instituti tashkil etilganligining 70 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Andijon viloyati hokimligi, Andijon davlat tibbiyot instituti hamkorligida o‘tkazildi. Unda Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilari, tibbiyot tizimida faoliyat olib borayotgan ilmiy markazlar mutaxassislari, yurtimizdagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, xorijlik olimlar, yosh shifokorlar, iqtidorli talabalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

Anjumanni institut rektori, professor Madaminjon Madazimov ochib, oliy ta’lim dargohining 70 yillik tarixi, erishilgan yutuqlar, malakali shifokorlar tayyorlash borasidagi samarali ishlar xususida gapirdi. Ishtirokchilarga institut tarixi va buguni aks etgan videorolik namoyish etildi. 

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri A.Xudayarov va Andijon  viloyati hokimi Sh.Abdurahmonovning tabrigi o‘qib eshittirildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov onlayn tarzda anjuman qatnashchilariga tabrik yo‘lladi.

Tantana doirasida institut rektori M.Madazimov “Xalq salomatligi posboni” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

[gallery-23123]

Keyingi yillarda mamlakatimizda barcha sohalar kabi sog‘liqni saqlash tizimi ham rivojlanib, takomillashib bormoqda. Ushbu jarayonda malakali, oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan. Bu borada tashkil etilganligining yetmish yilligini nishonlayotgan Andijon davlat tibbiyot instituti nafaqat respublika, balki xalqaro miqyosda malakali shifokorlar tayyorlashda alohida o‘ringa ega. 

Bugungi kunda institutning mavjud beshta – davolash ishi, pediatriya ishi, stomatologiya, farmatsiya, shifokorlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetlarida 11 ming nafardan ortiq talaba tahsil oladi. Shuningdek, institutda Janubiy Koreya, Pokiston, Hindiston, Bangladesh, Nepal, Yangi Zelandiya, Misr, Ozarbayjon, Rossiya, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston davlatlari fuqarolari bo‘lgan  1 ming 28 nafar talaba o‘qimoqda. 

Bundan tashqari, hozirda ming nafarga yaqin professor-o‘qituvchi mehnat qilayotgan institut Italiya, Hindiston, Portugaliya, Rossiya, Slovakiya, Ukraina, Janubiy Koreya, Xitoy, Germaniya, Belarus, Polsha, Liviya, Turkiya, Malayziya singari 20 ga yaqin davlatlardagi 60 dan ortiq tibbiyot institut va universitetlari, klinikalari bilan hamkorlik o‘rnatgan.

Keyingi yillarda institutning professor-o‘qituvchilari, talabalari respublika hamda xalqaro miqyosdagi ko‘plab ko‘rik-tanlovlar, olimpiadalarda ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olmoqda.

Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning plenar yig‘ilishida Rossiya Federatsiyasi, Shvetsiya, Turkiya, Germaniya, Avstraliya, Janubiy Koreya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda respublikamizning tibbiyot mutaxassislari tomonidan onlayn va offlayn tarzda 10 dan ortiq ma’ruzalar o‘qildi. 

Ma’ruzalarda profilaktik tibbiyotda ilg‘or texnologiyalardan samarali foydalanish, ularni amaliyotga tatbiq etish, umuman, mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni bartarf etish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari xususida atroflicha so‘z yuritildi.

– Bugun zamonaviy tibbiyotda kasallikni davolashdan ko‘ra, uning oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor Madaminjon Madazimov. – Shu ma’noda profilaktik tibbiyot sohasiga ilg‘or innovatsion texnologiyalarni qo‘llash muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘tkazilayotgan anjuman ham aynan ana shu yo‘nalishdagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish, shuningdek, ilg‘or ish uslublari, tajribalarni ommalashtirish, xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashni o‘z oldiga asosiy maqsad qilgan. 

Yo‘nalishlar bo‘yicha seksiyalar doirasida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda profilaktik tibbiyot, ichki kasalliklar, onalik va bolalik, jarrohlik, stomatologiya hamda mediko-biologik mavzularga oid 140 dan ortiq qiziqarli ma’ruzalar o‘qildi. 

Ma’ruzalarda profilaktik tibbiyot yo‘nalishidagi ishlarni takomillashtirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini sifat jihatdan yanada yuqori darajaga ko‘tarish, mutaxassislarning bilim, malaka va tajribalarini yuksaltirish, xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlikni, xalqaro aloqalarni kengaytirish, davolashda yangi, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni qo‘llash masalalari atroflicha muhokama qilindi. 

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Profilaktik tibbiyot va innovatsion texnologiyalar