Ishonchim komilki inson mehri har qanday biznesdan ustun.

Bilaman, hozir tadbirkorlar uchun ham ogʻir. Lekin shunday kunlarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev barcha yurtdoshlarimiz qatori biz – tadbirkorlarni ham qoʻllab-quvvatlamoqda. Soliq va boshqa moliyaviy imtiyozlar berilmoqda.

Shunday ekan sabr-qanoatli, bagʻrikeng va saxovatli boʻlaylik. Ishonchim komilki inson mehri har qanday biznesdan ustun.

Men kecha bir muhtoj oila uyida boʻldim. Er-xotinning toʻrt farzandi bor, ular faqat oila boshligʻi oladigan oylik evaziga yashar ekan. Bolalarning otasi jamoat avtobusi haydovchisi boʻlib ishlaydi. Hozir u ham uyda oʻtiribdi. Boʻgʻzimda achchiq yosh bilan bu xonadondan chiqib ketdim.

Bugun ularga bozorlik qilib berib, ishga keldim, lekin qoʻlim ishga bormayapti. Axir Oʻzbekistonda bu kabi oilalar qancha, qanchasi ishsiz, yordamga muhtoj boʻlib uyda oʻtiribdi!

Oʻzbekistonlik tadbirkorlarga murojaat qilib aytamanki, akamsiz, ukamsiz, balki opa yo singlimiz, bizni tadbirkor qilgan mana shu xalq emasmi? Oʻzimiz xohlagan mashinalarni mindirib qoʻygan, dangʻillama hovlilarda yashatib qoʻygan mana shu xalq emasmi? Bizni boy qilgan ham shu xalqdir? Xalqimiz, bugungi jamiyat boʻlmaganda biz shu darajaga erisharmidik?!

Shunday ekan nega bugun biz bu xalqning qiynalishiga qarab turibmiz? Nega biz bir otani yetishmovchilik sabab farzandining koʻziga qaray olmas darajada kelishiga pinagimizni ham buzmayapmiz? Pullarimiz mana shu paytda xalqning ogʻirini yengil qilishga yordam bermasa, qachon yordam beradi?

Men bugundan “Bir kunda 100 muhtoj” aksiyasini boshladim. Har kuni yuzta muhtoj oila uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari: un, yogʻ, kartoshka, piyoz, non, mevalarni tarqatamiz. Tabiiyki, bu ishni yakka oʻzim qilishim juda mushkul. Keling, yurtimizning mard biznesmenlari, birlashaylik!

Kim qancha yordam qilsa ham mayli. Baʼzi hamyurtlarimiz bizning yordamga bugun muhtoj, ertaga kerak emas.

Bektosh Hotamov,

“Profi Education” kompaniyasi asoschisi.

PS: Mazkur murojaatni eshitgan 2 mingga yaqin tadbirkor va boshqa koʻngillilar “Oʻzbek biznesmenlari, birlashaylik” telegram kanaliga qoʻshildi. Mazkur xayriya aksiyasi doirasida Toshkent shahar, Toshkent viloyatida istiqomat qilayotgan 100 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning har biriga 5 kilogramm kartoshka, 2 kilogrammdan piyoz, yogʻ, guruch, un va makaron, tuxum bepul tarqatildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Profi Education” kompaniyasi asoschisi tadbirkorlarni ezgu tashabbusga chorladi. Natija qanday?
Жамият
18:32 / 23:03:2020