Yangi professional taʼlim muassasalari maqsad va vazifalaridan kelib chiqib 3 ta toifaga boʻlinadi.

Kasb-hunar taʼlimi tizimining shaklan va mazmunan mutlaqo yangi tarmogʻini yaratish maqsadida joriy oʻquv yilidan boshlab mutlaqo yangi professional taʼlim tizimi yoʻlga qoʻyilib, 339 ta kasb-hunar maktabi, 201 ta kollej va 185 ta texnikum faoliyat boshlashi belgilangan.

Birinchi toifa kasb-hunar maktablaridir. Taʼlimning Xalqaro standart tasniflagichining 3-darajasiga mos keluvchi dasturlar asosida 9-sinf bitiruvchilari tarkibidan yoshlarning boshlangʻich professional taʼlim olishini taʼminlaydi. Bunda 9-sinf bitiruvchilari qabul qilinib, 2 yillik taʼlim dasturlari asosida oʻqitiladi. Kasb-hunar maktablarida oilaviy biznes, tomorqa biznesi, qurilish, xizmat koʻrsatish, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik kabi ishchi kasblarda kadrlar tayyorlanadi. Kasb-hunar maktabi oʻqitishda eng avvalo kam taʼminlangan oila farzandlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash bilan birga ularning asosiy eʼtiborini kasb-hunar oʻrganishga qaratish uchun xizmat qiladi.

Ikkinchi toifa boʻlgan kollejlarda taʼlimning Xalqaro standart tasniflagichining 4-darajasiga mos keluvchi dasturlari asosida oʻrta professional taʼlim kasb egalari tayyorlanadi. Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tizimida faoliyat koʻrsatadigan ushbu kollejlarda oʻquvchilar umumtaʼlim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari tarkibidan qabul qilinib, kasblarning murakkablik darajasidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha boʻlgan muddatda aniq ish oʻrni uchun mutaxassislar tayyorlanadi.

Bu tizim Germaniya tajribasida yaxshi samara bergan “dual” taʼlim tizimida haftaning 3 kunida kollejda nazariy bilim olish, 3 kunida korxonaning oʻzida biriktirilgan usta, master rahbarligida toʻgʻridan-toʻgʻri kelajakda ishlaydigan ish oʻrnida amaliyot oʻtashi rejalashtirilgan.

Uchinchi toifa bu – texnikumlar. Taʼlimning Xalqaro standart tasniflagichining 5-darajasiga mos keluvchi taʼlim dasturlari asosida oliy taʼlim tizimi bilan integratsiyalashgan boʻlib, oliy taʼlim muassasalari huzurida faoliyat koʻrsatadi.

Bunda oliy taʼlimning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari bilan integratsiyalashgan taʼlim dasturlari boʻyicha kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarida kamida 2 yil muddatga moʻljallangan taʼlim dasturlari amaliyotga joriy etiladi. Eng asosiysi, 2 yillik tahsildan soʻng texnikum bitiruvchilari tegishli oliy taʼlim muassasasida oʻqigan kasbi boʻyicha suhbat asosida oʻqishga qabul qilinishi mumkin.

Bu tizim esa oliy maʼlumot olaman, oʻz ustimda ishlab, ilmli boʻlaman, degan maktab bitiruvchilarining oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini 2020-yilda kamida 25 foizga va kelgusida 50-60 foizga yetkazishga xizmat qiladi.

Ayni jarayonda savol tugʻiladi. Taʼlim shakli, prinsipi ham oʻzgaradimi?

– Talab va maqsad bitta – endi professional taʼlim muassasalarida oʻqigan yoshlar aniq ish oʻrniga, oʻz kasbi boʻyicha zarur ilmga, koʻnikmaga ega boʻlishi shart, – deydi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari Murodulla Xolmuhammedov. – Yangi tizimning asosiy prinsipi – avval ish oʻrni aniq boʻladi, ish beruvchi oʻzining malaka talablarini, shu kasbning ilmini, oʻqitish texnologiyasini beradi, shundan keyingina mutaxassis tayyorlanadi. Shundan kelib chiqib, endi kasb-hunar taʼlimi tizimida taʼlim shakli ham, mazmuni ham, prinsiplar ham mutlaqo oʻzgardi.

Bu yilgi vaziyat hisobga olinib, hujjatlar onlayn tarzda qabul qilinayapti.

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi majlisining qaroriga muvofiq, joriy yilning 5-20-iyul kunlari kasb-hunar egallash istagida boʻlgan umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari hujjatlari Kasb-hunar maktablariga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining onlayn elektron platformasi (kasb.edu.uz) orqali qabul qilindi.

Mazkur platforma orqali jami 82 341 nafar 9-sinf bitiruvchisining hujjatlari olindi. Shuningdek, vazirlik va idoralar tizimida boʻlgan kollej va texnikumlarga qabul parametrlari tasdiqlandi.

Umumtaʼlim maktablarining kasb-hunar egallash istagida boʻlgan 11-sinf bitiruvchilarini professional taʼlim muassasalariga qamrab olish maqsadida Davlat komissiyasi majlisining qaroriga asosan 2020/2021 oʻquv yili uchun vazirlik va idoralar tizimida boʻlgan kollej va texnikumlarga 2020-yil 25-avgustdan 25-sentyabrga qadar (25-sentyabr kuni ham) abituriyentlarning hujjatlari onlayn qabul qilinishi belgilandi. Ayni paytda qabul jarayonlari joriy yilning 20-oktyabr kuniga qadar uzaytirilgan.

Abituriyentlar kollejlarga pedagogika, tibbiyot, turizm, arxitektura va qurilish, neft va gaz sanoati, kommunal xizmatlar, transport sohalari boʻyicha 300 dan ortiq kasb va mutaxassislikka kollej.edu.uz elektron platformasi orqali hujjat topshira oladi.

Texnikumlarga transport, tibbiyot, aloqa va axborot texnologiyalari, qishloq xoʻjaligi, sanoat, turizm, veterinariya, xizmat koʻrsatish sohalari boʻyicha 100 dan ortiq mutaxassisliklarga texnikum.edu.uz elektron platformasi orqali hujjatlar topshirishi mumkin.

Kollejlarda oʻqitish kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda, texnikumlarda 2 yildan kam boʻlmagan muddatda davlat buyurtmasi hamda toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

2020/2021 oʻquv yili uchun kollejlarga jami 81 325 nafar, shundan davlat granti asosida 12 762 nafar, toʻlov-kontrakt asosida 68 563 nafar abituriyentni qabul qilish, texnikumlarga esa jami 70 048 nafar, shundan 9 199 nafari davlat granti asosida, 60 849 nafarni toʻlov-kontrakt asosida qabul qilish rejalashtirilgan.

Hozirgacha kollejlarga jami 86 316 nafar, texnikumlarga esa 122 206 nafar abituriyent hujjatlarini onlayn platforma orqali topshirgan.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidan maʼlum qilishlaricha, professional taʼlim muassasalariga qabul jarayonlari boʻyicha (71 246-11-92) call-markazlar va hududlarda Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalarida ham call-markazlar tashkil etildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Professional taʼlimda mazmun, shakl, prinsip ham oʻzgaradimi?
Жамият
10:46 / 10:10:2020