Professional bokschimiz Istanbulda g‘alabaga erishdi
Turkiyaning Istanbul shahrida professional boks bo‘yicha “IBA.Pro (https://iba.pro/) 7” musobaqasida hamyurtimiz Madiyor Saidrahimov muvaffaqiyatga erishdi.
Jahon chempionati sovrindori, qator xalqaro turnirlar g‘olibi bo‘lgan Madiyor Saidrahimov mazkur turnirda Ozarbayjon vakili Ahmad Mustafayev bilan 6 raundlik jang o‘tkazdi.
Qiziqarli kechgan jangda 27 yoshli Saidrahimov raqibini ochkolar hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Aytish lozim, M.Saidrahimovning ushbu g‘alabasi professional boksdagi ikkinchi yutug‘i bo‘lib, u 2017 yili Malayziyaning Kuala-Lumpur shahridagi ilk jangida g‘alabaga erishgan edi. Shuningdek, hamyurtimiz Kuba, Rossiya kabi davlatlarda IBA tizimidagi yarim professional boks janglarida ham munosib natijalarni qayd etib kelmoqda. Ozarbayjonlik A.Mustafayev uchun esa ushbu bahs professional boksdagi debyut chiqishi bo‘ldi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA