Professional boks: Sherzod Xusanov imkoniyatni boy berdi
Avval xabar berganimizdek, kecha tunda Londondagi "Royal Albert Xall" arenasida professional boks bo‘yicha nufuzli musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Futbol bo‘yicha Yevro-2020 chempionatining final bahsi oldidan o‘tkazilgan professional boks kechasida afsuski, hamyurtimiz Sherzod Xusanov WVO reytingida Sul Alvaresning chempionlik kamariga ixtiyoriy da’vogar bo‘lgan birinchi raqamli sportchi, angliyalik Zak Parkerga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
10 raundga mo‘ljallangan bahsda tajribadan ko‘ra, yoshlik shijoati ustunlik qildi. Ya’ni, 41 yoshli Sherzod Xusanov 27 yoshli Zakning ilk raundlardagi shiddatli zarbalarini qabul qilishga majbur bo‘ldi. O‘z navbatida, Parker ikkinchi o‘rta vaznda (76,2 kilogramm) Alvaresning chempionlik kamariga asosiy da’vogar ekanligini yana bir karra tasdiqladi. Ingliz va o‘zbek bokschisining jangi xususida so‘z yuritgan vRINGe.com sayti Xusanovning tajribasi, Zakning iqtidoriga yuqori baho berdi.
Mazkur boks oqshomining asosiy jangi hisoblangan yarim og‘ir vaznda (79,3 kilogramm) angliyalik Artur Lindon italiyalik David Farachidan WVO kontinental chempionlik kamarini munosib himoya qilib, g‘oliblikka erishdi. Musobaqada shuningdek, ikkinchi yarim yengil vaznda(58,9kilogramm) yana bir angliyalik Archi Sharp nikaragualik Marsio Sosani katta ustunlik evaziga mag‘lub etdi.
T. RO‘ZIEV