AQSHning Kaliforniya shtatida navbatdagi professional boks turniri o‘tkazilmoqda.
Biroz avval mazkur boks oqshomida havaskor boksda jahon chempionligiga erishgan hamyurtimiz Ruslan Abdullayev ringga kutarildi.


Professional boksdagi debyut jangini o‘tkazayotgan Abdullayev meksikalik Xose Valenzuyela Alvarada bilan ro‘baro‘ keldi. Jangning ikkinchi raundida Ruslan Abdullayev raqibini kuchli zarba evaziga texnik nokautga uchratdi va ushbu holat hamyurtimizning g‘alabasini ta’minladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA