AQSHning Las-Vegas shahrida tashkil etilgan professional boks oqshomining markaziy jangida eng o‘rta vazn toifasida hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziyev WBA Eliminator kamarini qo‘lga kiritish yo‘lida amerikalik Daryus Fulgxem bilan jang o‘tkazdi.

12 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi. 7-raundda hakamlar Bektemirdan ochko olib tashladi, 12-raundda esa raqibini nokdaunga uchratdi. Murakkab va ruhiy kurashlar ostida kechgan jangda hamyurtimiz g‘alabani tantana qildi.

Ushbu jangdagi ustunligi evaziga B.Meliqo‘ziyev Saul Alvaresning kamari uchun da’vogarlardan biri maqomiga ko‘tarildi.

Eslatib o‘tamiz, WBA Super chempionlik kamari Saul Alvaresga tegishli. AQSHlik Keyleb Plent esa vaqtinchalik chempion hisoblanadi.  

Bundan tashqari kubalik mahoratli bokschi Uvel Ernandes WBA Gold kamari sohibi sanaladi. Bu - chempionlik yo‘lida hamyurtimizning raqiblari kelgusida kimlar bo‘lishi mumkinligiga bir oz bo‘lsa-da oydinlik kiritmoqda.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Professional boks: Bektemir navbatdagi g‘alabaga erishdi