O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi munosabatlar tarixiy, madaniy va iqtisodiy aloqalarga asoslangan bo‘lib, so‘nggi yillarda mazkur hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

Ikki o‘lka yetakchilarining intilishi mavjud aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, mintaqaviy hamkorlik va taraqqiyot uchun keng imkoniyatlar ochmoqda.

24-25 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi. Oliy darajadagi muzokaralar chog‘i qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

O‘zA muxbiri mazkur tashrif yakunlari va O‘zbekiston – Mo‘g‘uliston munosabatlarining zamonaviy holati, istiqboli hamda ahamiyati xususida ikki davlat ekspertlari fikrlarini yozib oldi.

Adiyakhuu Batbazar, siyosiy tahlilchi (Mo‘g‘uliston):

– Avvalo qayd etish kerak, Mo‘g‘uliston va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar so‘nggi yillarda sezilarli darajada mustahkamlanmoqda. Ikki mamlakat ham geosiyosiy joylashuvi, tarixiy va madaniy o‘xshashligi asosida keng qamrovli sheriklikni rivojlantirishga intilmoqda. O‘zbekistonning iqtisodiy islohotlari va Markaziy Osiyodagi yetakchi mavqei Mo‘g‘uliston uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Yaqin-yaqingacha dunyoning yopiq davlatlaridan biri hisoblangan O‘zbekistonda so‘nggi bir 5-6 yil ichida misli ko‘rilmagan ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi qadimiy Ipak yo‘lidagi shaharlari bilan dunyoga mashhur bu o‘lka ming yillar davomida sivilizatsiyalar chorrahasi sifatida uzoq tarixga ega.

Bugun bu diyorning tashqi aloqalari kengayib, iqtisodiyoti jadal rivojlanmoqda. Oxirgi 10 yil ichida O‘zbekiston iqtisodiyoti yillik o‘rtacha 5,9 foiz o‘sdi, bu yomon emas. 2017 yil boshlangan islohotlar jarayoni to‘xtovsiz davom etib, Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha Strategik siyosat muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Iqtisodiyoti bo‘yicha mintaqada yuqori o‘rinda turuvchi O‘zbekistonni ayrim tahlilchilar “Beshinchi Osiyo yo‘lbarsi” deb atayotgani bejiz emas, albatta.

Olib borilayotgan islohotlar mamlakatni har tomonlama rivojlantirish, xalqaro maydondagi ta’sirini kuchaytirishga qaratilgan. Mutaxassislar nisbatan qisqa vaqt ichidagi bu muvaffaqiyatlarni quyidagi bir necha omil bilan izohlaydi:

Sobiq ittifoq davrida paxta yetishtirish bo‘yicha dunyoning yetakchi 10 davlatidan biri hisoblangan O‘zbekistonni ko‘pchilik uzum yurti sifatida yaxshi bilsa-da, mineral xom ashyoga nihoyatda boyligini sezmagan. 2014 yil statistikasiga ko‘ra, mamlakat tabiiy gaz qazib chiqarish bo‘yicha dunyoda 14-o‘rin, paxta eksporti bo‘yicha 4-o‘rin, ishlab chiqarish sanoatida 6-o‘rin, uran va mis zaxirasi bo‘yicha birinchi o‘nlik, oltin zaxirasi bo‘yicha 4-o‘rin, qazib olish bo‘yicha 7-o‘rinda edi.

Tasdiqlangan zaxiraga ega 900 dan ortiq foydali qazilma konlarining taxminiy qiymati 970 milliard dollarni, geologiya zaxirasining taxminiy qiymati esa 3,3 trillion dollarni tashkil etadi. Markaziy Osiyoning boshqa davlatlaridan farqli o‘laroq, O‘zbekiston ushbu foydali qazilmalarni o‘zida qayta ishlash va qo‘shimcha qiymat bilan eksport qilish afzalligiga ega.

Ikkinchidan, iqtisodiy tarmoqlar yalpi ichki mahsulotga qo‘shgan hissasiga ko‘ra tartiblangan va qaysi tarmoqlar yaxshi rivojlanishi sinchiklab aniqlangan. Masalan, xizmat ko‘rsatish 40 foizdan ortiq. Shu munosabat bilan Prezident Mirziyoyev “turizm sohasi 3-4 barobar kengaysa, paxta yetishtirishga hojat qolmaydi”, degandi.

Iqtisodiyotning yana bir afzalligi doimiy o‘zgarib turadigan tashqi muhitga tez moslasha olish qobiliyatidir. Bundan tashqari aholi, ayniqsa, mehnat resurslari jadal sur’atlar bilan o‘smoqda. Hozir qariyb 38 million aholining 60 foizi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar.

Inson resurslari salohiyati bo‘yicha O‘zbekiston Markaziy Osiyoda eng yuqori ko‘rsatkichga ega. Yuqori mehnat unumdorligi faqat xorijdan texnologiya va asbob-uskuna xarid qilish natijasi emas. Ta’lim mehnat unumdorligini oshirishning asosiy omili bo‘lib, hukumat oliy ta’lim tizimini jadal rivojlantirish siyosatini amalga oshirmoqda va yalpi ichki mahsulotning 5-6 foizini ta’limga sarflamoqda. Bu AQSHga yaqin ko‘rsatkich.

Shu bilan birga rivojlanishga to‘sqinlik qiluvchi ayrim omillar ham mavjud. Mamlakat dengizga chiqa olmaydi, ikki-uch davlat hududi orqali dengizga chiqish imkoniga ega dunyodagi ikki davlatdan biri hisoblanadi. Ushbu muammoni bartaraf etish uchun transport tizimini 2035 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha strategik siyosat ishlab chiqilib, mahalliy mahsulotlarni imkon qadar tezroq dengiz portlariga yetkazadigan transport yo‘laklari yaratishga alohida e’tibor qaratilyapti.

2022-2026 yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasida atrof-muhit muhofazasiga alohida e’tibor qaratilgan. “Yashil makon” loyihasi doirasida har yili 200 million tup daraxt o‘tqazish, erta bahor 125 million, kech kuz esa 75 million ko‘chat ekish rejalashtirilgan.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, O‘zbekiston yetakchisining Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va yangi yo‘nalishlarda rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi. Bu tashrif ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Oqiliddin Alimov, TDSHU Sharq mamlakatlari rivojini tadqiq etish ilmiy-tahlil markazi direktori:

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga amalga oshirgan davlat tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda tamoman yangi, strategik bosqichni boshlab berdi, deyish mumkin. Ilk bor amalga oshirilgan ushbu tashrif tarixiy, iqtisodiy va geosiyosiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ikki o‘lka munosabatlarini mustahkam sheriklik va aniq amaliy natijalarga yo‘naltirilgan samarali hamkorlik bosqichiga ko‘tardi.

Bilamiz, O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi munosabatlar tarixiy jihatdan uzviy bog‘liq. Asrlar davomida bu ikki xalq Buyuk Ipak yo‘li orqali savdo qilgan, ilm-fan, madaniyatlararo muloqot uzoq tarixga borib taqaladi. Bugun esa ana shu tarixiy aloqalarga zamonaviy siyosiy iroda, iqtisodiy manfaatlar va xalqlar do‘stligi yangi mazmun bag‘ishlamoqda.

Mazkur tashrif ayni payt dunyoda geosiyosiy beqarorlik kuchayib borayotgan sharoitda ikki xalq o‘rtasida tinchlik, ishonch va do‘stlikka asoslangan aloqalarni mustahkamlashda muhim bosqich bo‘ldi. Mo‘g‘ulistonning Osiyo qit’asidagi geosiyosiy o‘rni va O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi yetakchi davlatlardan biri sifatidagi mavqei ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik muloqot ahamiyatini yanada orttiradi.

Bu o‘z navbatida, ikki mintaqa integratsiyasi yanada rivojlanishiga asos soladi. Prezidentlar darajasidagi bevosita muloqotlar bu munosabatlarni nafaqat ikki tomonlama, balki mintaqaviy barqarorlik va taraqqiyot manfaatiga xizmat qiluvchi hamkorlikka aylantiradi.

Mo‘g‘uliston Davlat saroyida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux o‘rtasidagi muzokaralar natijasiga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasida “Keng qamrovli sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiya” imzolandi. Bu hujjat – do‘stlik va hamkorlikni institutsional darajaga ko‘taruvchi tarixiy qadamdir. Deklaratsiya doirasida siyosiy muloqot, iqtisodiy aloqa, madaniy-gumanitar hamkorlik, ta’lim, transport va xavfsizlik sohalaridagi strategik yo‘nalishlar aniq belgilab olindi.

Tashrif doirasida qator yo‘nalishlardagi hamkorlik muhokama qilindi. Savdo-sotiq hajmini oshirish, sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish, transport va logistika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, turizm, ta’lim va fan sohalaridagi aloqalarni chuqurlashtirish, mintaqaviy barqarorlik, ekologik masalalar va global xavfsizlik bo‘yicha pozitsiyalarni muvofiqlashtirish shular jumlasidan.

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini yaqin yillarda bir necha barobar oshirish maqsad qilingan. Bunda xaridorgir mahsulotlar turi va logistika imkoniyati kengaytiriladi. Ayni maqsadga xizmat qiluvchi qator amaliy qadamlar tashlandi. Jumladan:

•        Ulan-Batorda O‘zbekiston mahsulotlari shourumiga ega savdo uyi ochildi.

•        Ikki davlat ishbilarmonlari ishtirokida biznes-forum o‘tkazildi.

•        Imtiyozli savdo va investitsiyani himoya qilish to‘g‘risidagi bitimlarni tezlashtirishga kelishib olindi.

•        Qo‘shma sanoat va qishloq xo‘jaligi loyihalari ishga tushirildi.

Tashrif davomida geologiya va qishloq xo‘jaligi sohasidagi keng qamrovli hamkorlik masalalari ham ko‘rildi. Tog‘-kon sohasi hamkorlikning strategik yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Ulan-Batorda O‘zbekiston Geologiya vazirligi vakolatxonasi ochildi. Bu nafaqat xom ashyo resurslarini o‘zlashtirish, balki kadrlar tayyorlash va texnologiya transferi uchun yangi imkoniyat yaratadi.

Qishloq xo‘jaligi sohasida go‘sht, sut, charm va jun mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha qo‘shma klasterlar tashkil etish va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, Qoraqalpog‘iston va Namanganda chorvachilik va agrar klasterlar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bu nafaqat iqtisodiy foyda, balki ikki xalq bandligini ta’minlashda ham yirik qadam bo‘ladi.

Ta’kidlash joiz, tashrif doirasida transport va logistika sohasiga alohida e’tibor qaratildi. Poytaxtlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, mamlakatlar o‘rtasida transport yo‘laklari, jumladan Qirg‘iziston va Xitoy orqali multimodal yo‘llar ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan davlatlar uchun xalqaro tahlil instituti bilan hamkorlikda eng qisqa va samarali yo‘nalishlarni aniqlash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazilishi taklif etildi.

Prezidentlar ilm-fan, ta’lim va madaniyat sohasida ham hamkorlikni rivojlantirish muhimligini ta’kidladilar. Bu sohalarda imzolangan hujjatlar esa yoshlar, olimlar, ijodkorlar uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Qo‘shma ilmiy loyihalar, akademik almashinuv va stipendiya dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.

Shu kunlarda Ulan-Bator shahrida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston madaniyati kunlari, konsertlar, kino namoyishlari va turizm tadbirlari ikki xalq o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantiradi.

Ikki davlat rahbari Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar. Bu ikki mamlakatning mintaqaviy va xalqaro nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi. Imzolangan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” qabul qilindi.

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi bugungi munosabatlar o‘zaro ishonch, tenglik va umumiy manfaatga asoslangan barqaror sheriklikdir. Davlatimiz rahbarining Mo‘g‘ulistonga tashrifi ikki tomonlama munosabatlarda muhim burilish nuqtasi bo‘ldi. Tashrif natijalari xalqlarimiz o‘rtasidagi tarixiy do‘stlikni mustahkamlash, iqtisodiy va madaniy aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

O‘tkir ALIMOV yozib oldi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezidentimizning Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi ikki davlat ekspertlari nigohida