Davlatimiz rahbari Samarqand shahridagi sobiq liftsozlik zavodi hududida tashkil etilgan sanoat majmuasida bo‘lib, viloyatda amalga oshirilayotgan yengil sanoat loyihalari bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev viloyatdagi korxonalarida ishlab chiqarilgan yengil sanoat mahsulotlari namunalarini ko‘zdan kechirdi.

Prezidentimizning shu yil 14-15-aprel kunlari viloyatga tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlar asosida 2017-2018-yillarda amalga oshirilishi mo‘ljallangan 19 loyiha bo‘yicha izchil ishlar olib borilayotir.

“Sam Rafoat tekstil”, “8-mart”, “Iman teks”, “Samarqand Yevro Aziya tekstil”, “Amin invest interneyshnl”, “Maroqand sifat” kabi korxonalarda tayyorlanayotgan tikuv-trikotaj mahsulotlari, bo‘yalgan trikotaj mato, kiyim-kechaklar ichki bozordan tashqari eksportga ham yo‘naltirilmoqda. Bu korxonalar salohiyatini oshirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish imkonini berayotir.

Ayni paytda Pastdarg‘om, Samarqand, Bulung‘ur, Oqdaryo tumanlaridagi qator korxonalarda yangi loyihalar ustida ishlar olib borilayotir. Natijada jinsi mato, jinsidan tayyor kiyim-kechak, yangi turdagi vilvet, mebel gazlamalari, aralash va sintetik matolar ishlab chiqarish hajmi kengayadi.

Prezidentimiz sohada yaratiladigan har bir ishchi o‘rni muhim ekani, bu korxonalar istiqbolini belgilash va aholini doimiy ish bilan ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Shu yerda terini qayta ishlash, charm-poyabzal ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi.

Davlatimiz rahbari “Ideal Yelektroluks” O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilayotgan maishiy texnika jihozlari, “Sino” aksiyadorlik jamiyatida tayyorlanayotgan muzlatkich va sovutkichlarni  ko‘zdan kechirib, mahsulotlarni tashqi bozorga yo‘naltirish, eksport imkoniyatlarini oshirish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezidentimiz yengil sanoat loyihalari bilan tanishdi