Prezidentimiz Xonobod shahridagi “Xonobod” sihatgohida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Dengiz sathidan 850 metr balandlikda joylashgan sihatgoh kurort zona sanaladi. Mazkur dargoh o‘zining kislorod bilan to‘yingan, ionlashtirilgan havosi bilan yuqori va quyi nafas yo‘llari, asab tizimi, yurak qon-tomir kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan.
Sihatgohda bemorlar asosan yuqori haroratli suv (yer yuzasida chiqishda harorati +18°S dan + 44°S gacha) bilan davolanadi. Bunda iqlimiy, parafin, elektr-yorug‘lik, fitoterapiya, funksional terapiya, parhez bilan davolash va sanatoriya-kurort uslublari keng qo‘llaniladi.
Bundan tashqari, mineral vannalar, fizioterapiya, elektroforez, galvanizatsiya, igna bilan davolash, stomatologiya, kosmetologiya, galoterapiya (tuzli shaxta), suzish havzasi, fitnes-zal, fitobar ham mavjud.
Sihatgohdagi zamonaviy klinik va bio-kimyoviy laboratoriya, UTT va EKG tashhislash uskunalari bemorlarga aniq tashhis qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.

265f8bb6-acbc-973b-2b57-bf2ddf672920.jpg

Davlatimiz rahbari 2017 yil 2 iyun kuni viloyatga tashrifi davomida "Xonobod" sihatgohini borib ko‘rgan edi. Qurilishi tugallanmagan, tashlandiq holda yotgan sihatgoh binosi qurilishi, hududini obodonlashtirish, qurilish ishlarini oxiriga yetkazib, dam olish maskanini zamonaviy andozalar asosida barpo etish bo‘yicha zarar ko‘rsatma va topshiriqlar bergan edi.

Bugun bu tashabbus amaliy ifodasini topmoqda. Ulkan qurilish, obodonlashtirish maydoniga aylangan Xonobod shahari kun sayin chiroy ochmoqda. Jumladan, 2018 yil iyul oyida respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan “Xonobod” sihatgohi ishga tushirildi. 180 o‘ringa mo‘ljallangan sihatgohni barpo etish uchun 90 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Davolash binolari, standart, yarimluks va luks xonalar, 6 ta apartamentda barcha sharoitlar yaratildi.

Davlatimiz rahbari sanatoriyda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Endi ushbu tog‘li hududda yengil konstruksiyalardan mehmon uylari tashkil etish zarurligini ta’kidladi. Shavkat Mirziyoev bu xizmatlar narxini kamaytirib, qamrovni kengaytirish, yana ko‘plab odamlarni ish bilan ta’minlashga xizmat qilishini qayd etdi. Sihatgoh hududidagi yer maydonlarini tadbirkorlarga berish orqali 3 ming kishi dam oladigan maskanlar tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

31e53607-907c-23b8-3736-0172c34e81e1.jpg

Shu yerda Andijon viloyatida turizmni rivojlantirishga doir loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Taqdimotda Xonobod shahrida 2017-2019 yillarda amalga oshirilgan ishlar, Kampirravot mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Inimpeks Alliance” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan dam olish maskanlari tashkil etish, “Lu Yang Agroculture” xorijiy korxonasi tomonidan mevali bog‘lar va poliz ekinlari, sitrus mevalar va bodom bog‘larini tashkil etish loyihalari haqida ma’lumot berildi.
Marhamat tumanidagi “Mingtepa” arxeologiya merosi ob’ektida turizmni rivojlantirish loyihasini amalga oshirilishi tariximizni, o‘zligimizni anglashga xizmat qiladi. Bu yerga maktab o‘quvchilarini sayohatga olib kelish darkor. Zero, madaniy merosimizni bugungi avlod yaxshi bilishi, u bilan faxrlanishi kerak, – dedi davlatimiz rahbari..

Xonobod faollari bilan o‘tkazilgan muloqotda Xonobod shahrini har tomonlama rivojlantirish, aholi bandligi va farovonligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi. Yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini tiklash, ekologik musaffolikni ta’minlash, turizmni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish, innovatsion yondashuv, tabdirkorlikni qo‘lab-quvvatlash, ish o‘rinlarini yaratish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish zarurligi qayt etildi.

6c6b0f14-10af-a152-b4c3-9b646bb47641.jpg

7e0db94c-a453-2c49-14bf-9a2b038e37a6.jpg

af95fbff-3697-2749-4893-9fc2e3d3d895.jpg

b50878e0-de7c-18d3-61b6-5fba9cc89744.jpg

9d1c6346-c0e0-5c07-a780-77edad458a9f.jpg

1cdbdac2-b046-5fcf-0598-f8f527039bfa.jpg

5b90e0b7-1795-8c82-42cf-5aefb4f76914.jpg

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoev: Sihatgoh hududida yengil konstruksiyalardan mehmon uylari tashkil etish zarur