Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 5 aprel kuni yangi uy-joylar qurilishi va 2023 yilgi ipoteka dasturi bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mutasaddilarga “Yangi O‘zbekiston” massivlarida zarur infratuzilma, qurilish va sotuv bilan bog‘liq masalalarni hal etishga oid topshiriqlar berildi.

O‘tgan yili Surxondaryo viloyatining Angor, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo va Boysun tumanlarida ham “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurishga kirishilib, dastlabki ko‘p qavatli turar-joy binolari foydalanishga topshirilgan edi. Joriy yilda Termiz tumanida ham “Yangi O‘zbekiston” massivi uylariga tamal toshi qo‘yiladi. Viloyatda olib borilayotgan bunday ulkan bunyodkorlik ishlari aholi, ayniqsa, yosh oilalarning uy-joy masalasini hal etishga ko‘maklashadi. Zamonaviy va milliy arxitektura yechimlariga ega arzon, sifatli ko‘p qavatli uylar voha qiyofasini tubdan o‘zgartirib, hududlarga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlaydi.  

Videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida vohadagi yangi massivlarda qurilish ishlarini jadallashtirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda “Yangi O‘zbekiston” massivlarida 1 ming 600 xonadonga mo‘ljallangan  66 ta ko‘p qavatli uy bunyod etiladi. Zarur infratuzilma yaratilib, uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlanadi. Jumladan, Angor tumanidagi “Sharq guli” mahallasida 11,5 gektar yer maydoni ajratilib, eng tajribali  bunyodkorlar qurilish ishlarini boshladi. Qisqa vaqtda uchta 5 qavatli uy barpo etilib, foydalanishga topshirildi. Ayni paytda ham qurilish ishlari qizg‘in davom etmoqda.  

Viloyatda qurilayotgan yangi massivlarda yashaydigan aholi uchun Yangi O‘zbekistonga mos sharoitlar yaratishga alohida ahamiyat berilayotgani e’tiborga molik. Shu maqsadda “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali yangi uylarga ko‘chib o‘tayotgan yurtdoshlarimizga qulay sharoitlar yaratish uchun uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlash choralarini ko‘rmoqda. Xususan, o‘tgan yili birgina Angor tumanidagi yangi shaharchaga 2,7 kilometr masofaga tabiiy gaz tarmog‘i tortilib, xonadonlarga ulandi.  

Mutasaddilarning aytishicha, 2022-2024 yillarda birgina Angor tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida 52 ta ko‘p qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 180 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti, 1 ming 56 o‘rinli umumta’lim maktabi, 30 o‘rinli otalar choyxonasi, savdo va xizmat ko‘rsatish markazlari, sport maydonchalari va bolalar o‘yingohlari, oilaviy poliklinika kabi ijtimoiy soha ob’ektlari ham qad rostlaydi.  

–Massivlarga gaz quvurlarini tortishda barpo etiladigan ijtimoiy soha obektlari va xonadonlar hisobga olinib, quvur yotqizilmoqda,– deydi “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali direktori M. Mansurov.– Bu kelgusida tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lishining oldini olib, iste’molchilarni kafolatlangan tabiiy gaz bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Quruvchilarimiz bu yilga mo‘ljallangan ishlarni ham tez va sifatli amalga oshirmoqda.  

Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivi Qora yantoq mahallasi hududidagi qumloq yerlarda qad rostlayotir. O‘ziga xos me’moriy qiyofaga ega shaharchada aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar, zarur infratuzilma, ijtimoiy inshootlarning majmua holda bunyod etilishi uning namunali loyiha asosida bunyod etilayotganini keng namoyon etmoqda. Bu yerda quruvchilar 20 ta bitta yo‘lakli 5 qavatli uyni foydalanishga topshiradi. 2026 yilgacha massivda 86 ta ko‘p qavatli uy, xizmat ko‘rsatish ob’ektlari va boshqa ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari quriladi.  

–O‘tgan yili yangi massivga ko‘chib keladigan aholi uchun yuqori bosimli gaz quvurini tortib keldik, – deydi “Jarqo‘rg‘ontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi chilangari Muhammadi Yunusaliyev. – Bir yo‘la foydalanishga topshiriladigan ko‘p qavatli uylarning xonadonlarini gazlashtirdik. Bu yil ham yashash uchun tayyor bo‘lgan xonadonlarni tabiiy gaz tarmog‘iga ulashni davom ettirayapmiz.  

  Filialning qurilish-montaj boshqarmasi xodimlari gaz quvurlarini montaj qilish ishlarini qizg‘in olib bormoqda. Xonadonlarga gaz hidi yoki yong‘in chiqqanda avtomatik tarzda gaz ta’minotidan to‘xtatish uchun gaz analizatorlari o‘rnatilayotir. Havo bosimi ostida gaz quvurlari mustahkamligi va zichlikka chidamliligi sinovdan o‘tkazilib, gaz quvuri va uskunalarida gaz sizib chiqish holatlari tekshirib ko‘rilmoqda. Har bir xonadonga “aqlli” gaz hisoblagich o‘rnatilayotir. Xonadonlar egalariga gaz isi va yongin xavfsizligi koidalariga amal kilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilyapti.  

Joriy yilda “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali quruvchilari Yangi O‘zbekiston massivlarida 1,5 kilometr masofaga gaz quvuri tortishni rejalashtirgan. Shuningdek, vohadagi 5,5 kilometr gaz quvurlarini rekonstruksiya qilib, 10 dona gaz taqsimlash qurilmasini mukammal ta’mirlaydi. 2 ming 125 dona gaz taqsimlash qurilmasi texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. 70,26 kilometr gaz quvurini bosim ostida sinab, havo bosimi yordamida tozalash ishlari bajariladi. 70,26 kilometr yer osti gaz quvurlari holati maxsus asboblar yordamida tekshiriladi. 220 kilometr uzunlikdagi gaz quvurlari bo‘yaladi. Amalga oshiriladigan bu ishlar viloyatdagi 30 ta mahallaning 13 mingdan ortiq aholi xonadonlarini kuz-qish mavsumida ham barqaror tabiiy gaz bilan ta’minlash darajasini yaxshilaydi.  

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV,  

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident topshirig‘i amalda: “Yangi O‘zbekiston” massivlari barqaror tabiiy gaz bilan ta’minlanadi