Davlatimiz rahbarining joriy yil 17 fevral kuni Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “Parvoz Xumo Ravnaq Trans” MCHJ ishlab chiqarish quvvatini oshirmoqda.

Jumladan, tuman hokimi Sherzod Ashurov hamda “Parvoz Xumo Ravnaq Trans” MCHJ rahbari Nurmuhammad Ochilov “Qoraxoni” mahalla fuqarolar yig‘inidagi kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalardan tikuvchilikka ishtiyoqmand ayollarni saralab oldi. Ularga “ustoz–shogird” uslubida ish o‘rgatishga doir muloqot o‘tkazildi.  

Tadbirda uy sharoitida, buyurtma asosida ishni tashkil etib, kasanachilik orqasidan chevarlarning moddiy manfaatdorligini ta’minlashga doir loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shu tariqa har bir mahallada 30-40 ta xonadondan 100 nafardan ortiq fuqaroning bandligini ta’minlash, yil davomida  3 ming nafar fuqaroning ishli bo‘lishi rejalashtirilgan.  

Aholi bilan yuzma-yuz muloqot samarasi, ulardan tushgan talab va taklifga binoan endilikda Qoraxoni mahallasida ham tikish–bichishga qiziqadigan xotin-qizlar uchun “Parvoz Xumo Ravnaq Trans” MCHJ negizidagi “HAJ TEX group” korxonasi tomonidan alohida sex tashkil etiladigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi “Parvoz Xumo Ravnaq Trans” MCHJ 2018 yildan faoliyatini kengaytirgani holda yengil sanoat tarmog‘iga sarmoya tikkan ko‘p tarmoqli korxona hisoblanadi. Korxona to‘qimachilik, undan so‘ng tikuv–trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish tarmog‘ini rivojlantirib kelmoqda.  

Ishlab chiqarish sub’ektining tumandagi yengil sanoat tarmoqlarida bugunga kelib 600 ta ish o‘rni yaratilgan. 2022 yil davomida umumiy qiymati 85 million AQSH dollariga teng mahsulot ishlab chiqarilgan. Shundan 56 million AQSH dollariga teng mahsulot Rossiya Federatsiyasi, Eron, Turkiya, Xitoy, Polsha va Qirg‘iziston kabi davlatlardagi hamkorlardan tushgan buyurtmalar asosida eksportga chiqarilgan. Fabrikaning to‘liq quvvati yiliga 9 ming 400 tonna ip-kalava ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.  

O‘tgan yili may oyida mazkur korxona negizida loyiha kiymati 25 million AQSH dollariga teng bo‘lgan va yillik quvvati 10 ming 950 tonna trikotaj va to‘qima matoni bo‘yash hamda gul bosishga mo‘ljallangan quvvat ishga tushirilishi bilan 450 ta yangi ish o‘rni tashkil etildi. Ayni kunda bu fabrika ham to‘la quvvat bilan ishga tushirildi.  

Zarif Komilov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident topshirig‘i amalda: “HAJ TEX group” MCHJ faoliyati kengaymoqda