Bugun qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatining innovatsion salohiyatini oshirish har jihatdan muhim sanaladi. Bunga mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojining muhim omillaridan biri sifatida qaralayotgani ham bejiz emas.

Sohani rivojlantirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Bu o‘rinda Prezidentimizning 2021 yil 9 iyundagi “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga alohida e’tibor qaratish o‘rinli. Ushbu hujjatda qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasini yangi bosqichga ko‘tarishning barcha tashkiliy-amaliy mexanizmlari belgilab berilgan.

Keyingi yillarda bu yo‘nalishdagi korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, hududlardagi sanoat zonalariga shunday tashabbuslarni joylashtirishga alohida e’tibor qilinmoqda.

Qarshi shahridagi “Qavali” kichik sanoat zonasiga umumiy o‘n bitta loyiha joylashtirilgan. Ahamiyatlisi, loyihalarning yarmidan ko‘pi qurilish materiallari va mebel ishlab chiqarish yo‘nalishidagi tadbirkorlik sub’ektlaridir.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 25 oktyabr, Qashqadaryo viloyatiga tashrifining ikkinchi ushbu kichik sanoat zonasidagi “ALPTOM” korxonasi faoliyati bilan ham tanishdi.

Tashrifdan so‘ng korxona rahbari Zayniddin Salomov bilan suhbatlashdik.

– Bu loyihamiz “1-son kompleks loyiha qurilish-montaj” xususiy korxonasining negizida tashkil etilgan, – deydi Z.Salomov. – Loyihaning umumiy qiymati 18,5 milliard so‘m. Hozirgi kunda bu yerda qurilish sanoatida muhim sanalgan sendvich panellari va profnastil ishlab chiqaramiz. Korxonamiz bir qator bunyodkorlik loyihalarida ham ishtirok etadi.

Sendvich panellari va profnastilga o‘zimizda ham ehtiyoj yuqori. Masalaning yana bir boshqa tomoniga to‘xtalmoqchiman. Sanoat zonasida tadbirkorlik qilish, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun barcha qulayliklar bor. Masalan, barqaror elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi, yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq muammolar yo‘q. Olti gektarlik maydonda ish boshlagan barcha korxona vakillari juda mamnun. Bu sharoitlarning yaratilishida shaxsan davlatimiz rahbari turganini yaxshi bilamiz. Buning uchun biz doim minnatdormiz.

[gallery-14249]

Korxona yiliga qariyb 2 million kvadrat metr profnastil va 250 ming kvadrat metr sendvich panel ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bugungi kunda 45 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Ishlab chiqarish hajmi ortishi evaziga kelgusida ish o‘rinlari soni ortishi mo‘ljallanmoqda.

Tashrif doirasida davlatimiz rahbari raisligida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda asosiy e’tibor sanoat, turizm, qishloq xo‘jaligi va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratildi. 

Yig‘ilishda Dehqonobod, Kitob va Qarshi tumanlaridagi sanoat zonalarida yuz gektar yer bo‘sh turgani qayd etildi. Prezident tadbirkorlar ularga uch yuz million dollar investitsiya kiritib, uch ming besh yuzta ish o‘rni yaratish tashabbusi bilan chiqqanini ta’kidladi.

Demak, mamlakatimizdagi sanoat zonalarida yurt istiqboli, xalq farovonligiga xizmat qiluvchi yangi-yangi loyihalar soni ortaveradi.

Ikrom Avvalboyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident tashrifidan so‘ng: qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar soni ortmoqda