Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvi davom etmoqda.
–Bir narsani aniq tushunib olish zarur. Bolani yomoni bo‘lmaydi. Ularga kattalarning mehri, imkoniyatlarini namoyon qilish uchun sharoit, o‘ziga ishonch bo‘lishi uchun motivatsiya kerak, – dedi Prezidentimiz so‘zining davomida.
Misol uchun, Tadbirkorlik jamoatchilik kengashi a’zolari – 108 nafar “chempion” tadbirkor o‘zlarining 308 ta korxonasi atrofidagi maktablarga borib, yuqori sinf o‘quvchilarini kasbga qiziqtirayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Eng muhimi, bu o‘quvchilarning aksariyati kelajakda hayotini qaysi kasbga bog‘lash haqida aniq tasavvurga ega bo‘lmoqda.
–Bunday tashabbuskor, fidoyi, vatanparvar tadbirkorlar – mening qanotlarim.
Ayting, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga yetaklash, ishli va daromadli qilish uchun sizlarga yana qanday sharoit qilib beray?
Katta-katta tadbirkorlarimiz hokimlar bilan uchrashib, takliflarini tez kunda shakllantirib bersalar, bularni barchasini ko‘rib chiqishga tayyorman, – dedi Prezident.
O‘zA