Davlatimiz rahbari o‘tgan yil Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida “Karkidon” suv ombori atrofidagi 250 gektar maydonda ekoturizm majmuasi, 100 dan ziyod dam olish, savdo-servis va ko‘ngilochar maskanlar, zamonaviy mehmonxona barpo etish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Ayni kunlarda bu borada amaliy ishlarga kirishildi.

Quva tumani “Karkidon” suv ombori hududidagi 270 gektar maydonda “yashil belbog‘” loyihasiga start berildi.Tadbirda viloyat sektorlari rahbarlari, boshqarma va tashkilotlar mutasaddilari, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Prezidentimiz tashabbusi bilan bundan uch yil avval boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi chinakam xalq harakatiga aylangani, bu sa’y-harakatlar tabiatni asrab-avaylash, yurtimizni yashillikka burkash hamda go‘zallikka xizmat qilayotganini, viloyatda  esa bu borada namunali ishlar yo‘lga qo‘yilganligini ta’kidladi. “Karkidon” omborida boshlangan ezgu tashabbus ham buning yaqqol isboti ekanligini qayd etdi. “Karkidon” zamonaviy turistik ko‘ngilochar majmuaga aylanishini, bu joy nafaqat yurtdoshlarimiz, balki xorijliklar uchun ham jozibador dam olish maskani bo‘lishi uchun katta ishlarga kirishilganligini qayd etdi.

Nuroniylarning duolari bilan ezgu tilaklar bildirilib, “Yashil belbog‘” loyihasi boshlandi. Viloyat sektorlar rahbarlari mazkur hududga manzarali daraxt ko‘chatlarini ekdi. Minglab farg‘onaliklar hududni obod va fayzli bo‘lishi uchun o‘z hissalarini qo‘shdi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/5imNBIjqT6k" title="Prezident tashabbusi bilan “Karkidon” ekoturizm majmuasi barpo etilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Sulaymonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident tashabbusi bilan "Karkidon" ekoturizm majmuasi barpo etilmoqda (+video)