Andijon shahrida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tashkil etilganiga besh yil to‘ldi. O‘tgan yillar davomida maktab ilmiy-ijodiy salohiyatini yuksaltirish, o‘quvchilarni har tomonlama bilimli, zakovatli bo‘lib yetishishlari, iste’dodlarni ro‘yobga chiqarish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Maktab binosi ta’miri, jihozlanishi jihatidan bugungi kun talablariga mos bilim maskaniga aylandi.

Yosh avlodni har tomonlama yetuk bo‘lishida, eng avvalo, kitobning o‘rni beqiyos. Shu o‘rinda maktab kutubxonasini boyitishga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi alohida hissa qo‘shdi. Yangi nashr qilingan kitoblar, jahon adabiyoti, o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyot vakillarining, yosh ijodkorlarning mingdan ortiq kitoblari maktabga taqdim etildi. O‘quvchilarning ijodiy salohiyatini yuksaltirish uchun poytaxtda va viloyatda yashab, ijod qilayotgan taniqli adiblar, shoirlar, adabiyotshunos olimlar tomonidan tizimli tarzda mahorat darslari o‘tkazilmoqda.  

Ijodiy kecha, mushoira, adabiy-ma’rifiy anjumanlar, yosh ijodkorlar seminarlari, ulug‘ adiblarning yubiley tadbirlari asosan, mazkur maktabda o‘tkazilayotganligi ham yoshlarning ijodiy yuksalishiga zamin yaratmoqda. Maktabda “Muhammad Yusuf izdoshlari” adabiy hamda dramaturgiya, tikuvchilik va turli fan to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Maktab o‘quvchilarining ijod namunalari respublika yosh ijodkorlarining bir nechta bayozlarida, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi va boshqa nashrlarda tez-tez chop etilganligi ham e’tiborga loyiq.  

“Umid g‘unchalari”, “Yoshlik bayozi” nomli to‘plamlar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Adabiyot” nashriyotida ko‘p nusxada chop etilib, bu kitoblarga maktab o‘quvchilarining ijod namunalari jamlandi. Maktabning o‘qituvchilar jamoasi yoshlarga puxta bilim berish, fan olimpiadalari, turli tanlovlarda faol qatnashib, yutuqlarga erishishlari uchun jonbozlik ko‘rsatib mehnat qilmoqda. Shu bois ham maktabning ko‘plab o‘quvchilari viloyat, respublika miqyosidagi turli tadbirlar, tanlovlarda faol ishtirok etib, sovrindorlar qatoridan o‘rin egallab kelmoqda. Maktabda Andijon davlat hamda O‘zbekiston san’at va madaniyat universitetlari bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Universitet professor-o‘qituvchilari ishtirokida mahorat darslari, davra suhbatlari doimiy ravishda o‘tkazib kelinadi. Maktabda tahsil olgan Iroda Orifjonova, Mashhura Botirova, Shahzod Abdullayev, Odina Egamberdiyeva kabi qator iste’dodli yoshlar Respublika yosh ijodkorlari seminarlarida qatnashib, ustozlar e’tiboriga tushgan.  

Gulchiroy Davronbekova, Mohlaroy Zafarjonova, Ziyoda Abdujalilova kabi yoshlarning erishgan yutuqlari ham alohida e’tirofga loyiq. Maktabning o‘nlab ijodkor, iste’dodli qizlari Zulfiya nomidagi davlat mukofoti tanlovining viloyat, respublika bosqichlarida ishtirok etib, o‘zlarining yuksak ijodiy salohiyatini namoyon etdi. Maktab o‘quvchisi Akmal Abdurahmonov “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, ijodkor o‘qituvchilari ham alohida yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Prezidentimiz farmoni bilan maktab direktori Shohistaxon Nurmatova “Sog‘lom turmush”, o‘qituvchi Nigoraxon Yunusova “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari hamda “Ijodkor o‘qituvchi” respublika seminari qatnashchisi Shahlo Hamidova O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zoligiga qabul qilindi.  

Bir so‘z bilan aytganda, o‘tgan qisqa davr ichida maktab o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishdi. Zimmasiga yuklatilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarib, Prezidentimiz, xalqimiz, ota-onalar ishonchini oqlamoqda. Ishonch bilan ayta olamanki, haqiqiy iste’dodlar maskaniga aylangan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi jamoasining yutuqlari bundan buyon ham yanada yuksaladi. Kelgusida ushbu maskanda tahsil olgan va olayotgan yoshlar orasidan taniqli adiblar, shoirlar, jurnalistlar, xalqimizga, Vatanimizga munosib xizmat qiladigan insonlar yetishib chiqadi.  

Xurshida VAHOBJON qizi  

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi  

Andijon bo‘limi rahbari, shoira. O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident tashabbusi amalda: ezgu maqsadlar ro‘yobi