Prezident ta’lim muassasalari agentligi delegatsiyasi Dubayda bo‘lib o‘tayotgan “TESOL Arabia” 26-xalqaro konferensiyasida ishtirok etmoqda.
Mazkur konferensiya «Til o‘rgatishda translingvizm va ko‘p tillilik» mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, joriy yilning 11-dan 13 martgacha davom etadi.
Bugun konferensiya va ko‘rgazmaning ochilish marosimida dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurgan mutaxassislar, ta’lim sohasidagi nufuzli tashkilot vakillari ishtirok etishdi.
Konferensiyada Prezident ta’lim muassasalari agentligi delegatsiyasi nomidan Agentlikning Seleksiya va pedagoglar malakasini oshirish bo‘limi boshlig‘i Nargiza Kuchkarova «O‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishidagi yangi paradigma» mavzusida nutq so‘zladi. Nargiza Kuchkarova o‘z nutqida:
- Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari va tashkilotlar faoliyati,
- pedagoglar malakasini oshirish borasida Agentlik tizimida amalga oshirilgan ishlar, bundagi o‘ziga xos yondashuv
- Agentlik qoshida tashkil etilayotgan noyob malaka oshirish tizimi - PDQ (Professional Development Qualification) dasturi,
- Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tomonidan tashkil etilgan «Zamonaviy trener» haftaligi haqida ma’lumot berdi.

A.RUSTAMOV, O‘zA